Pavlodar () — Qozog'istonning shimoli-sharqidadagi shahar (1861-yildan buyon), Pavlodar viloyatining markazi (1938-yildan buyon), yirik temir yoʻl stasiyasi, daryo va havo porti. Aholisi 322,305 kishi (2012). Shahar Qozogʻistonning janubiy-gʻarbi hisoblanadigan Irtish daryosining oʻng yoqasida, dengiz sathidan 135 metr balandlikda joylashgan. Poydevori 17 asrning oxirlarida Irtish daryosining yaqinidagi kolardan tuz qazib olish uchun qalangan.
Aholisi thumb|right|J. Aymautov viloyat qozoq musiqa drama teatri Shahar aholisi — 331,119 kishiga yetdi. (1-yanvar 2012-yil), tarkibidagi okrug va qishloqlar bilan 342,321 kishi.
Shaharning milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 151 709 kishi (45,74 %) qozoqlar — 128 103 kishi (38,62 %) ukrainlar — 22 184 kishi (6,69 %) olmonlar — 9 058 kishi (2,73 %) tatarlar — 7 752 kishi (2,34 %) beloruslar — 2 852 kishi (0,86 %) ingushlar — 1 279 kishi (0,39 %) moldavanlar — 954 kishi (0,29 %) ozarbayjonlar — 802 kishi (0,24 %) chechenlar — 800 kishi (0,24 %) koreyslar — 594 kishi (0,18 %) polyaklar — 574 kishi (0,17 %) bulg'orlar — 475 kishi (0,15 %) chuvashlar — 425 kishi (0,14 %) boshqurtlar — 415 kishi (0,13 %) boshqalar — 5 470 kishi (1,65 %) Umumiy — 331 710 kishi (100,00 %)
Sanoati Pavlodarda ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, traktorsozlik, kemasozlik — kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Temir-beton buyumlari kombinatlari, issiqlik elektr markazi (TETS)lari mavjud, oziq-ovqat va yengil sanoatlari katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmui rivojlangan. Pavlodar yonidan Irtish — Qaragʻanda kanali oʻtgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Tarix 1720-yili uning asosida Koryakov harbiy istehkomi (forpost) barpo etildi. 1838-yili Yamishov qamalidan harbiy boʻlimning koʻchirilgani uchun Koryakov stansiyasi barpo etildi. 1861-yili forpost Pavlodar deb nomlandi da, viloyatlar tashkil etilishiga doir Semey viloyatiga qarashli Pavlodar uezdining markazi boʻldi. 1932-yilgacha okrug shahar markazi boʻldi. 1932—1938-yillari Sharqiy Qozog'iston viloyatida tuman markazi boʻldi. Kengash hukumatigacha Pavlodar asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan, texnika bilan yaxshi taʼminlanmagan kichkina korxonalardan tashkil topgan sanoat va savdo markazi boʻldo. Pavlodarda bor yoʻgʻi 6-ta boshlangʻich maktab, 1-ta jamoat kutubxona va klub faoliyat yuritdi. Shaharning yirik sanoat markaziga aylanishiga 1938 yili Pavlodar viloyatining tashkil topishi va 1953 yili Janubiy Sibir temir yoʻl magistralining barpo etilishi katta hissa qoʻshdi.
Taʼlim Bunda davlat 2 oliy oʻquv yurti bor: S. Toʻraygʻirov nomli Pavlodar davlat universiteti Povlodar universiteti faoliyat yuritadi. Shahar va viloyat iqtisodining koʻpchilik sohalariga oʻrta bilimli hunarli mutahasislarni tayyorlash ishlari bilan 17-ta kasbiy-texnik maktab bilan 10 kolledj shugʻullanishadi. Umumiy bilim betadigan 43-ta maktab bor. 6-ta litsey. Maktabgacha bir necha bolalar bogʻchasi bor.
Pavlodarda thumb|300px|right|Irtish daryosining koʻrinishi. Pavlodar, may 2009-yil. Pavlodarda: 5-ta madaniyat uyi; 17-ta kutubxona (uning ichida viloyat ilmiy-texnik kutubxona); A. Chexov nomli viloyat drama teatri; J. Aymautov viloyat qozoq musiqa drama teatri; I. Bayzaqov nomli fiarmoniya; B. jirav nomli adabiyot muzeyi; G.Potanin nomli tarixiy-davlatnoma muzeyi; I. J. Koʻpeev viloyat mechiti; 5-ta stadion; 6-suzish bosseyni faoliyat yuritadi.
Tibbiy mahkamalari Tibbiy mahkamalaridan: 13-ta kasalxona va dispanser; 4-ta shifoxona; 3 feldsh.-akusherlik ambulatoriya bor; 9 feldsherlik punkt; 23 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya bor.
Iqlimi Bu hududning qishi uzoq va qorli sovuq boʻladi, yozi issiq va quruq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 17,8, iyulniki — 21,2 boʻladi.Klimat Pavlodara na infomarket.kz.
Havoning yillik oʻtacha harorati — 3,4 °C Havoning tozaligi — 67,5 % Shamolning oʻrtacha tezligi — 3,2 m/s
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari