200px|right|thumb|Turkmanlar Turkmaniston (turkmancha: Türkmenistan), Turkmenistan Markaziy Osiyoda arab davlatlari kabi neft va gaz hisobiga rivojlanayotgan davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Armiyasi markaziy Osiyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Mamlakatda haliyam maktablar, maktab kitoblari va Harbiy-xizmat bepul. Hozir maydoni 491.200 km². Tez boyib va rivojlanayotgan davlatlardan biri. YIM (XQT) 2024-yil roʼyxati boyicha-AQSh$- 1,01 trln dollar.Jon boshiga AQSh$- 15 285 dollar.Pul birligi — Manat.Ayni paytda 1,00 Manat-3,5 dollarga($) (4000-5000 som)-ga teng. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. 2015-yilda Turkmaniston oʼzining TurkmenAlem nomli zamonavi sputnigini uchurdi, va u haliyam yuqori xizmat koʻrsatib kelmoqda. Mamlakat aholisi 7 millionni tashkil etadi.

Turkmanstonda yashovchi oʻzbeklarning bergan maʼlumotlariga koʻra hozir u yerda : Harbiy xizmat, maktablar va maktaip kitoblari bepul. O'rtacha oylik maoshi 2400 Manat .1 litr benzin va salyarka narxi 2 manatga yetmaydi. Elektr tokiga bir oyda oʻrtacha 10 , gazga 15 Manat tolashadi.1 kg goʻsht narxi oʻrtacha 50 manat. WiFi toʻlovlari bir oʻyiga 50 manat. Har yili oylik maoshlar, pensiya, stipendiyalar 10% koʻpayib bormoqda. (2025-yil malumotlariga kora)

Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi boʻlgan. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. Turmanistonni bosib olish ruslarga juda kimmatga tushgan. Turkmanlar Rus qoʻshinlariga juda katda talofat yetgazgan. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi.

Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Birgina tabiiy gazni quvurlar orqali eksport qilishdan oʻyiga milliardlab dollar daromad koʻradi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan.hozir ham judayam arzon olishadi.

Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Keyin Gurbanguli 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda oʻtkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Sardor Berdimuhamedov 72.97% ovoz olib, prezidentlikka saylandi.

Davlat tuzumi Turkmaniston — betaraf davlat. 1995-yil 12-dekabr Turkmanistonga betarafligi kuni. Amaldagi Konstitutsiyasi 1999-yil 18-mayda qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yildan Sardor Berdimuhamedov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati yaʼni yashash joyi Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. Turkmaniston janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — Turkmanistonning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.

Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. Turkmaniston hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. Turkmaniston hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. Turkmanistonning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. Turkmaniston hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor.

Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman, ozbeklar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.

Turkmaniston Tarixi

Qadimgi va oʻrta asrlar Hozirgi Turkmaniston hududi qadimdan Oʻrta Osiyodagi muhim madaniy va savdo markazlaridan biri boʻlgan. Bu yerda qadimgi Marg‘iyona va Parfiya davlati kabi sivilizatsiyalar rivojlangan. Merv shahri Ipak yoʻlining eng yirik markazlaridan biri hisoblangan.

VII–VIII asrlarda hudud Arab xalifaligi tarkibiga kiritilib, islom dini keng tarqaldi. Keyingi asrlarda turkman qabilalari shakllanib, hudud XI asrda Saljuqiylar imperiyasi tarkibida muhim siyosiy va madaniy rol oʻynadi.

Moʻgʻullar bosqini XIII asrda Turkmaniston hududi Mo‘g‘ullar imperiyasi tomonidan bosib olindi. 1221-yilda Merv shahri vayron qilinishi natijasida hudud iqtisodiy va madaniy inqirozga uchradi.

Temuriylar va xonliklar davri XIV–XV asrlarda hudud Temuriylar davlati taʼsiri ostida boʻlgan. Keyinchalik turkman qabilalari Buxoro xonligi va Xiva xonligi bilan turli siyosiy va iqtisodiy aloqalarda boʻlgan.

Rossiya imperiyasi davri XIX asrning ikkinchi yarmida Turkmaniston hududi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. 1881-yildagi Gökdepe jangidan soʻng hudud imperiya tarkibiga toʻliq kiritildi va Kaspiyorti viloyati tarkibida boshqarildi.

Sovet davri 1917-yilgi inqilobdan keyin hududda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1924-yilda Turkmaniston SSR tashkil etilib, u Sovet Ittifoqi tarkibiga kirdi.

Sovet davrida paxtachilik va sanoat rivojlandi, koʻchmanchi aholi asta-sekin oʻtroq hayot tarziga oʻtkazildi.

Xoʻjaligi alt=|right|250x250px Turkmaniston — agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %.

Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash Turkmanistonning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan.

Transporti Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uzunligi 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi. Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻlli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka — Turkmanboshi, Cheleken — Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. Turkmaniston chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don, kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan savdo qiladi. Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasi bilan tashki savdo aylanmasi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 17,3 % ortdi va Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosidagi ulushining 1,3 % ni tashkil etdi. Pul birligi — manat hisoblanadi

Tibbiy xizmati Davlatga karashli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot institutida tayyorlanadi. Mashhur kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy, Archman balneologiya va Mullaqora balchiq bilan davolash sanatoriylari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari