VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalardan biri. Mol. m. 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillartarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxminan 3—10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400–800 mg V. kerak.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Valin — oqsil molekulasi tarkibida boʻladigan aminokislota.
Tarkibi Mahsulot oqsil valin foyizHom sigir goʻshti 21,26 g 1055 mg 5,0 %tovuq goʻshti 23,09 g 1145 mg 5,0 %Lasosning hom goʻshti 20,42 g 1107 mg 5,4 %Tovuq tuxumi 12,58 g 859 mg 6,8 %Sigir suti, 3,7 % yogʻ 3,28 g 220 mg 6,7 %Yunon yongʻogʻi 15,23 g 753 mg 4,9 %Bugʻdoy uni 13,70 g 618 mg 4,5 %Makkajoʻhori uni 6,93 g 351 mg 5,1 %Guruch, tozalanmagan 7,94 g 466 mg 5,9 %Quruq noʻhat 24,55 g 1159 mg 4,7 %
Manbalar Isoleucine and valine biosynthesis
Manbalar
Turkum:Aminokislotalar