Anʼom surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada soʻz eʼtiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu eʼtibori bilan Madinada nozil boʻlgan "Baqara", "Oli Imron", "Niso" va "Moida" suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning oʻziga xos belgilari — roʻza, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida soʻzlanmaydi. Balki unda eʼtiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va paygʻambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob borasida soʻz yuritiladi.
"Anʼom"dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, maʼbudlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhissalom va uning zurriyotidan boʻlgan bir qancha paygʻambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb taʼkidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning oʻz qoʻlida ekanligi yana bir bora eslatib oʻtiladi. Boshqa suralar boʻlinib-boʻlinib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada dafʼatan toʻla nozil boʻlgan.
Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi hukmlar ham bayon etilgani uchun u "Anʼom" — "Chorvalar" deb ataladi.
Manbalar
Havolalar Anʼom surasi