Raʼd surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. Madiniy suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va 15 -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Bu sura boshida Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasi oʻrtaga tashlanib, soʻng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib oʻtilgan har bir yaxshi-yomon amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot boʻlishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil toʻgʻrisida ikki ibratli masal keltiriladi.

Birinchisida jilgʻalarni toʻldirib oqib kelayotgan yomgʻir suvi haqiqatga, suv ustidagi koʻpik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida har qanday yerosti maʼdanlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho maʼdan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof maʼdan haqiqatga, chiqindilar esa botilga oʻxshatiladi. Mana shunga oʻxshash ibratli misollarni oʻzida jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning "Raʼd" - "Momaqaldiroq" deb nomlanishining sababi shudir.

Bizning nazarimizda, bu ulugʻ sura toʻlasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa oʻxshaydi. U momaqaldiroq moʻminlarni yomgʻirga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa,kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquvga soladi.

Manbalar

RAʼD SURASI Raʼd surasi, 14-16