„Davo“ (sobiq nomi „Fasl“) — Oʻzbekistonda tuzilgan rok-guruh. Pop va alternativ rok janrlarida ijod qilgan. Guruhning asosiy tarkibi Shovkat Zikrullayev (vokal, ritm gitara), Muhammad Yusupov (solo-gitara), Izzat Mirusmonov (ikkinchi gitara) va Farruh Vahobovlardan (bas gitara) iborat boʻlgan. Ashulalarni asosan Zikrullayev yozgan. 2022-tilning guruhning „Kelmading“ nomli EPsi Apple Music plarformasida eʼlon qilingan.

Guruh Oʻzbekistonda rok janrida ijod qilgan boshqa guruhlar kabi ommalashmadi, ammo rok shinavandalari orasida tanildi. „Sayyod“ blogini yurituvchi Sardor Komilov guruhning „Kelmading“ qoʻshigʻini yuqori baholagan.

Singllari „Bilaman“ „Imkonim boʻlsa“ „Jon“ „Kelmading“ „Kelmading“ (Radio version) „Qaramading bir bor“ „Xayolim ojiz“

Manbalar

Havolalar DaVo YouTubeda