Mozambik (portugalcha: Mocambique), Mozambik Respublikasi (portugalcha: República de Moçambique) — Afrikaning janubi-sharqiy sohilidagi davlat. Maydoni — 801,6 ming km². Aholisi — 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Maputu shahri ham viloyat maqomiga ega.

Davlat tuzumi Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-yil 30-noyabrda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1986-yildan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin toʻgʻri ovoz berish yʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Respublika Assambleyasi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatilgan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi.

Tabiati Qirgʻoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirgʻoqlari qoyali, tik, oʻrtacha balandlikda, janubida past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning shimoliy qismida Sharqiy Afrika yassitogʻligi joylashgan, u gʻarbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharqda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor.

Mozambikning shimoliy qismida iqlim subekvatorial mussonli, janubida tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanvarning Urtachi temperaturasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitogʻlikda (qish va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750–1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvchilar, asosan, qoʻriqxona va milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bogʻida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qoʻriqxonasida kafr buyvollari yashaydi. Oʻrmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. Mozambikda Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor.

Aholisi Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. Mozambikning shimoliy qismida sharqiy bantu xalqlari, janubiy qismida janubiy -sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shimolida imakua va chinyanja, janubida chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.

Tarixi Mozambikning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik Mozambikga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida Mozambik hududida Monomotap davlati vujudga keldi. VIII asrdaarablar, XVI asr boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629-yilgi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. XVII—XVIII asrlarda Portugaliya mustamlakachilari Mozambik hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752-yildan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909-yil Portugaliya Janubiy Afrika Itti-foqi maʼmuriyati bilan har yili Mozambik mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi.

1920-yil Mozambikdan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik Mozambikda Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925-yil transport ishchilari va dokerlar, 1949-yil Lorensu-Markish (hozirgi Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964-yil 25-sentabrda Mozambikni ozod qilish fronti — FRELIMO (1962-yilda tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968-yildan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973-yil oxirida mamlakat hududining ʻ/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi.

1974-yil 25-aprel da Portugaliyada fashis-tlar istibdodi agʻdarilgach, 1974-yil 5-sentabr dan Portugaliya muvaqqat hukumati bilan FRELIMO oʻrtasida muzokara olib borildi va 20-sentabrda Mozambikda hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. 1975-yil 25-iyunda Mozambik rasman mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi. 1990-yil noyabrgacha mamlakat Mozambik Xalq Respublikasi, soʻng Mozambik Respublikasi deb ataldi. Mozambikni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan dastur ishlab chiqsi va uni amalga oshirishga kirishdi. Biroq portugallar koʻplab ketib qolishi natijasida malakali mutaxassislar yetishmay qoldi. Koʻpgina sanoat korxonalari toʻxtadi, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar oʻtkazdi. Anʼanaviy xususiy xoʻjaliklarga keng yoʻl ochildi. Qoʻshilmaslik va barcha mamlakatlar bilan doʻstlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. Mozambik — 1975-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25-iyun — Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Mozambikni ozod qilish fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962-yil 25-iyunda tuzilgan; Mozambik milliy qarshiligi partiyasi, 1976-yilda asos solingan. Mozambik mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983-yilda tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti Mozambik — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%.

Mozambikda yer fondi 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari oʻrmon va siyrak oʻrmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurgʻoqchilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yongʻoq, kungaboqar asosiy oʻrin oladi. Maputu, Beyra, Nampula shaharlari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va boshqa sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajoʻxori, oq joʻxori koʻproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yongʻogʻi, paxta, shakarqamish, kopra, sitrus mevalar kiradi va koʻp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham yetishtiriladi.

Chorvachiligi, asosan, ichki isteʼmolni taʼminlaydi. Setse pashshasi boʻlmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Dengizda baliq va boshqa suv jonivorlari ovlanadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, qurilish materi-allari sanoati va boshqa Maputu va Beyra shaharlarida un, arahis, kungaboqar yogʻi, pivo, qandshakar, baliq konserva, goʻsht va keshyu yongʻogʻini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va sharbat ishlab chiqarish zavodi Afrikadagi eng yirik shunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta toʻqimachilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylashgan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq fabrikasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yoʻgʻon va ingichka arqonlar toʻqiydigan fabrika bor. Maputu poyabzal fabrikasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yogʻochsozlik va mebel fabrikalari, sellyulozaqogʻoz kombinati mavjud. Maputudagi mashinasozlik korxonalarida va-gonlar ishlab chiqariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkich yigʻiladi, kabel ishlab chiqariladi, kemalar taʼmirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement zavodlari bor. Toshkoʻmir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Mozambikning asosiy transport yoʻllari Mozambik portlari orqali qoʻshni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Esvatini va JAR oʻrtasida tranzit yuk tashilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Transport yoʻli — transportning eng muhim turi. Uzunligi 3843 km. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. Mozambik chetga mayda qisqichbaqa, keshyu yongʻogʻi, kopra, sitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yogʻoch sotadi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, isteʼmol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSH, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal.

Mustaqillik eʼlon qilinganidan soʻng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari koʻrildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, baʼzi doridarmonlar bepul beriladigan boʻldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karshi emlash yoʻlga qoʻyildi. Maputuda bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro markaz ochilgan. Maputu universitetining tibbiyot fakultetida vrachlar tayyorlanadi. Mozambiklik yoshlar chet ellardagi tibbiyot oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida ham taʼlim olib kelayotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Mozambik mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol shahrichasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial pedagogika texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va boshqa shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. Mozambikdagi 6 ta maxsus oʻquv yurti qishloq xoʻjaligi uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi universitetda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi.

Maputuda E. Mondlane nomidagi universitet, pedagogika instituti, Mozambik ilmiytadqiqotlar instituti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti instituti, sogʻliqni saqlash instituti, geologiya va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Geologiya xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrial pedagogika texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980-yil Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etnografiya va tabiat tarixi muzeyi, geologiya muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada etnografiya muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi