„Yor-yor“ () — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya. Film eng sara oʻzbek komediyalaridan biri hisoblanadi, uni baʼzan „oʻzbek milliy komediyasi” deb atashadi.
Syujeti Baxtiyor (Baxtiyor Ixtiyorov ijro etgan) Zulfiya degan qizni televizorda koʻrib, uni sevib qoladi. Zulfiyani izlab topishga qaror qilgan Baxtiyor otasi bilan butun Oʻzbek SSRni kezadi. Ular juda koʻp odamni uchratishadi, turli voqealarni boshdan kechirishadi, ammo Zulfiyani topa olishmaydi. Toshkentga qaytganlaridan keyin Baxtiyor va uning oilasi shaharning eski qismidagi uylarini tashlab, yangi kvartiraga koʻchib chiqishadi. Film oxirida Baxtiyor yangi uyda Zulfiya bilan qoʻshni ekanligini koʻradi.
Manbalar
Havolalar
„Yor-yor“ filmidan skrinshotlar galereyasi
Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:1964-yil filmlari Turkum:Ali Hamroyev filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Bosmachilik haqida kinolar Turkum:Oʻzbekiston kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar