Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi — sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida faoiyat yurituvchi tashkilot.
Tashkil etilishi 1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan."Olimpiya bilimlari asoslari. S.S. Roʻzievning umumiy tahriri ostida. -T.:"Sharq", 2002. −96b." MOQ sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.Milliy Olimpiya qoʻmitasi 20 yoshda MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. MOQ rahbarligida ish olib boruvchi Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqiyatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Faoliyati Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiOʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.
Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli: Oʻzbekistonda Olimpiya Xartiyasida mustahkamlangan tamoyillar asosida Olimpiya Harakatini rivojlantirish; respublika aholisini jismonan va maʼnaviy-ruhiy tarbiyalashga koʻmaklashish; jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy bandlikni rivojlantirishda ishtirok etish; milliy sport turlari, nogironlar oʻrtasidagi sport turlarini rivojlantirishni targʻib qilish, davlat va jamoaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga mamlakat terma jamoalari va sport zahiralarini tayyorlashga koʻmaklashish; yoshlarni halol kurashish, raqibga oʻzaro hurmat munosabatida va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik ruhi tamoyillari asosida tarbiyalash; Oʻzbekistonda Olimpizm gʻoyalarini targʻib qilish, insonlarni Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirib borish, Olimpiya taʼlimini rivojlantirish; sport kadrlarining malakasini oshirish va tajriba almashish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kurslar tashkil etish; sportni qoʻllab-quvvatlovchi fondlar va xayriya tashkilotlari tuzishda qatnashish; sportchilar, murabbiylar, sport hakamlari, sport faxriylarining manfaatlarini himoya qilish.
Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi: xalqaro arenalarda Oʻzbekiston Respublikasining tutgan oʻrnini mustahkamlash va nufuzini oshirish; Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, Butunjahon yoshlar va Markaziy Osiyo oʻyinlarida mamlakat delegatsiyalariga boshchilik qilish; XOQ, OOK, boshqa davlatlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, xalqaro sport birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish; XOQning „Olimpiya birdamligi“ dasturlarida ishtirok etish; Respublika sport federatsiyalari va tashkilotlariga ularning xalqaro sport uyushmalari ishlarida faol ishtirok etishlariga koʻmaklashish; xorijiy muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan Oʻzbekiston MOQ vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xizmat shartnomalarini tuzish va amalga oshirish; xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Olimpiya Harakati va sport tashkilotlari manfaatlarini taqdim etish; xalqaro (nohukumat) birlashmalarga milliy davlat qonunchiligi asosida aʼzo boʻlish; toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro aloqa va munosabatlar oʻrnatish, mamlakatlar va hududlar sport uyushmalari bilan bitimlar imzolash.
Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.olympic.org
Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari Oʻzbekistonning jami medallari 50pxYil Ishtrokchi Mezbon mamlakat Bayroqdor Oltin Kumush Bronza JamiOʻrni 1996 71 Atlanta Temur Ibragimov 0 1 1 2 58 2000 70 Sidney Muhammadqodir Abdullayev 1 1 2 4 41 2004 69 Afina Abdulla Tangriyev 2 1 2 5 34 2008 56 Pekin Dilshod Mahmudov 1 2 3 6 40 2012 53 London Elshod Rasulov 1 0 2* 3 47 2016 70 Rio-de-Janeyro Bahodir Jalolov 4 2 7 13 21 2020 68 Tokyo Bahodir JalolovNigora Tursunqulova 3 0 2 532 2024 90 Parij Abdumalik XalokovZaynab Dayibekova 8 2 313 13
London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.IOC strips Uzbek wrestler of London bronze
Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilardan tashkil topgan: Oʻzbekiston MOQ Prezidenti, Bosh Kotib va Vitse-Prezidentlar; Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi aʼzolari; Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari xalqaro federatsiyalari aʼzolari hisoblanuvchi Milliy sport federatsiyalari yoki MOQ va uning Ijroqoʻmining koʻpchilik ovozini tashkil etuvchi vakillari. MOQ har bir sport turlari boʻyicha bunday Xalqaro sport federatsiyalari boshchilik qiluvchi birdan ortiq Milliy sport federatsiyalarini tan olmaydi; Olimpiya va milliy sport turi hisoblanmaydigan federatsiyalar vakillari; Sport tashkilotlarining umumiy yigʻilishlarida demokratik yoʻl bilan rivojlantiriluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport tashkilotlari vakillari; Davlat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi organlari, koʻngilli sport jamiyatlari va muassasalari vakillari; Oldingi va kelgusi Olimpiya oʻyinlari atlet-ishtirokchi vakillari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Akademiyasi Prezidenti; Sport jurnalistlari federatsiyasi vakillari; Alohida shaxslar — Olimpiya harakati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (koʻzga koʻringan jamoat, fan va sanʼat arboblari); Oʻzbekiston MOQning faxriy aʼzolari; MOQ faoliyatiga moddiy va moliyaviy koʻmaklashuvchi tashkilotlar vakillari.
Sport federatsiyalari Oʻzbekiston boks federatsiyasi Rais: Ochilboy Ramatov Bosh kotib: Shohid Tillaboyev Vitse-prezident: Saken Poʻlatov Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Rais: Nigʻmatilla Yoʻldoshev Bosh kotib: Shuhrat Mamadaliyev Vitse-prezident: Shofayziev Shomurod Muhsinovich, Roʻziyev Ahrol Ahmedovich, Rahimov Muxtar Nigmatovich Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Rais: Bahodir Qurbonov Bosh kotib: Avaz Maksumov Raisning birinchi oʻrinbosari: Ravshan Ermatov Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi Rais: Bahromjon Gʻoziyev Bosh kotib: Kseniya Gulyamova Tashkil topgan yili: 2017
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi Rais: Sodiq Safoyev Bosh kotib: Qahramon Jalilov
Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi Rais: Ilhom Mahkamov Vitse-prezidentlar: Iskov R.I, Joʻraev I.T, Yurkevskiy K.E, Qodirov R.Gʻ. Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi Rais: Tanzila Norboyeva Vitse-prezident: Kozim Oʻrinboyxoʻjayev Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi Rais: Avazjon Karimov Bosh kotib: Sunnatilla Yoʻldoʻshev
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Rais: Maqsud Abdusamatov Bosh kotib: Gulnora Saidova Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi Rais: Botir Zokirov Bosh kotib: Abdukarimov Baxtiyor Abdurahimovich Vitse-prezident: Shahrillo Mahmudov Tashkil topgan yili: 2001-yil
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Rais: Alisher Mirsoatov Bosh kotib: Igor Shepelev Vitse-prezident: Iroda Toʻlaganova Tashkil topgan yili: 1999-yil
Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi Rais: Sherzod Tashmatov Bosh kotib: Abduazim Isroilov Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi Rais: Shuhrat Xolmuhammedov Bosh kotib: Jaloliddin Atabullayev Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi Rais: Rustam Joʻrayev Rais oʻrinbosari: Otabek Imomov Bosh kotib: Xasanbaev Otabek Kamilovich Vitse-prezident: Toʻlaganov Shavkat Toʻraevich Tashkil topgan yili: 2005-yil
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi Rais: Viktor Mahmudov Rais oʻrinbosari: Nosirov Farruh Bosh kotib: Kun Yelena Tashkil topgan yili: 2019-yil
Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasi Rais: Qudratullo Rafiqov Bosh kotib: Gʻaniyev Alisher Abdumajitovich Vitse-prezident: Gʻulomov Saidaxrol Gʻanievich Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Rais: Sherzod Qudbiyev Rais oʻrinbosarlari: Tashkil topgan yili: 1993-yil
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi Rais: Bahodir Siddiqov Rais oʻrinbosari: Andrey Abduvaliyev Bosh kotib: Kamoliddin Roʻzimuhamedov Vitse-prezident: Ikramdjanov B. I., Mirtemirov B. R., Sagdiev A. Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi Rais: Bahrom Gʻoziyev Bosh kotib: Ibragimov Nodirbek Anvarbekovich Vitse-prezident: Ismatov Ulugʻbek Tashkil topgan yili: 1997-yil
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Rais: Azizjon Komilov Bosh kotib: Jamshid Nasriddinov Vitse-prezident: Armen Bagdasarov, Shavkat Moʻminov Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi Rais: Quvondiq Sanaqulov Bosh kotib: Ismoiljon Matxoliqov Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi Rais: Poʻlat Bobojonov Rais oʻrinbosari: Bekmurod Abdullayev Bosh kotib: Husan Nasrullayev Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston „rowing & canoe“ federatsiyasi Rais: Bobir Islomov Bosh kotib: Vyacheslav Didrix Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi Rais: Iskandar Shodiyev Bosh kotib: Asatullaev Sherzod Hasanxodjaevich Tashkil etilgan sana: 2011-yil
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi Rais: Ulugʻbek Roʻziqulov Raisning birinchi oʻrinbosari: Goʻzal Moʻminova Bosh kotib: Timur Abduvaliyev Vitse-prezident: Tashkil topgan yili: 2023-yil
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rahbariy organlari quyidagilar hisoblanadi: Bosh Assambleya; Ijro etuvchi qoʻmita (Ijroqoʻm) Ijroqoʻm burosi.
Bosh Assambleya Bosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasida Olimpiya Harakatini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish; XOQ yoki OOK vasiyligida oʻtkaziluvchi Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari yoki boshqa sport musobaqalarini oʻtkazishda respublika shaharlari nomzodlarini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish; Oʻzbekiston MOQning kelgusi davr uchun faoliyat dasturlarini tasdiqlash; Ijroqoʻm va MOQ Taftish komissiyasining hisobot yili va toʻrt yillik davr uchun faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish va baholash;