Oqjar tumani (qoz. Ақжар ауданы اقجار اۋدانى) — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi Tolshiq qishlogʻi. Viloyat markazi sanalmish Petropavlovsk shahridan 285 km uzoqlikda joylashgan. Tuman hududi — 8,04 ming km2. 2010-yilgi 1-yanvardagi maʼlumot boʻyicha tuman aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km².

Tarixi Oqjar tumani 1997-yili, Lenin va Leningrad tumanlarini biriktirish natijasida tashkil topdi.

Aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km² (2010-yil 1-aprel).

Tumanning milliy tarkibi (2010-yil 1-apeldagi maʼlumot) qozoqlar — 15 897 kishi (74,18 %) ruslar — 3 056 kishi (14,26 %) ukrainlar — 957 kishi (4,47 %) beloruslar — 380 kishi (1,77 %) olmonlar — 360 kishi (1,68 %) tatarlar — 307 kishi (1,43 %) polyaklar — 87 kishi (0,41 %) chechenlar — 57 kishi (0,27 %) boshqalar — 328 kishi (1,53 %) Umumiy — 21 429 kishi (100,00 %)

Geografiyasi Aqjar tumani Shimoliy tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan, gʻarbiy tomonidan Tayinsha tumani, janubida Oqmoʻla viloyati, janubi-sharqidan esa Valixanov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali oʻtadigan 80 kilometr Ashisuv daryosi bor. Shuningdek bir nechta kichkina koʻllari ham mavjud, ular yomgʻir, qor va yer osti suvlaridan tashkil topgan.

Aqjar tumanidagi aholi punktlari

Achchiqko'l qishlogʻi Boymirzo qishlogʻi Boytuvis qishlogʻi Boʻstonliq qishlogʻi Dimitrovka qishlogʻi Dovut qishlogʻi Gorkovskoye qishlogʻi Jarqin qishlogʻi Kengochchi qishlogʻi Kichik Qoraoʻy qishlogʻi Leningradskoye qishlogʻi Mayskoye qishlogʻi Nayzatoʻmar qishlogʻi Olqaterak qishlogʻi Oqjarqin qishlogʻi Oqsari qishlogʻi Oysari qishlogʻi Qiziltoʻ qishlogʻi Qozon qishlogʻi Qulikoʻl qishlogʻi Tolshiq qishlogʻi Tugʻirjap qishlogʻi Ulgali qishlogʻi Uyali qishlogʻi Vosxodskoye qishlogʻi

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari