Abbos Abdurazzoqovich Atoyev 1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.
2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori. 2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2005-2012-yillar mobaynida Qozogʻiston, Ukraina, Chernogoriya, Xitoy Taypey, Turkiya, Finlandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Rossiya, Bolgariya, Germaniya, Armanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalar sovrindori. 2009-yil Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 2-oʻrinni egalladi 2012-yil Qozogʻistonning Osiyo Olimpiya saralash musobaqasida oltin medal sohibiga aylandi va shu bilan London Olimpiyadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Mehnat faoliyati 2004-2008 — Buxoro davlat universiteti talabasi 2004-2009 — Buxoro viloyati 2-son iqtisoslashtirilgan bolalar olimpiya zahiralari sport maktabida boks boʻyicha murabbiy 2009-h.v. — Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi
Mukofotlari Boks boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi. 2005-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni; 2007-yil „El-yurt hurmati“ ordeni; 2009-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni; 2012-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbeklar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari