Mamlyut tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-gʻarbiy hududida joylashgan. Mamlyut tumani 1932-yili tashkil topdi. Tuman maydoni 4,10 ming km2. 2011-yil 1-yanvarda tuman aholisi 20,900 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,1 kishi/km². Tuman gʻarbida Jambul tumani bilan, Shimolida Rossiyaning Qoʻrgʻan viloyati, sharqida va janubi-sharqida Qiziljar tumani, janubida Yesil tumani bilan chegaradosh. Tuman markazi Mamlyutka shahri, viloyat markazigacha oraliq masofa 41 kilometr.
Aholisi 2011-yil 1-yanvarda tuman aholisi 20,9 ming kishini tashkil qildi (viloyat aholisining 3,5 %). Aholining zichligi 5,1 kishi/km².
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)
ruslar — 14 291 kishi (56,80 %) qozoqlar — 6 841 kishi (27,19 %) tatarlar — 1 523 kishi (6,05 %) olmonlar — 922 kishi (3,66 %) ukrainlar — 731 kishi (2,91 %) beloruslar — 206 kishi (0,82 %) ozarbayjonlar — 70 kishi (0,28 %) litvalar — 69 kishi (0,27 %) polyaklar — 51 kishi (0,20 %) boshqalar — 458 kishi (1,82 %) Umumiy — 25 162 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi oʻrta kontinentli, qishi sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 18 °C, qahraton kunlari −50°S-gacha pasayadi. Yozi iliq, iyul oyining oʻrtacha harorati 19 °C, ayrim vaqtda 40 — 41°S-gacha koʻtariladi. Yillik yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 300 mm. Tumanda 500-ga yaqin koʻllar bor, ularning 14-tasi tuzli, qolganlari chuchuk suvli.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari