Italiya turizm geografiyasi Italiyada Turizm va Rekreatsiyada Italiya Riverasi asosiy hudud hisoblanadi. Geografik oʻrniga koʻra, mazkur hudud „Fransuz Riverasi“ ning davomi boʻlib, bu yerda San-Remo, Rapallo, Portofino Kurort shaharlar sifatida shuhrat qozongan. Yevropalik aslzodalar XIX asrdayoq bu hudud bilan qiziqib qolishgan. Dengiz boʻyi turizmi va rekreatsiyasiga, nafaqat Ligur dengizi qirgʻoqlari, balki, Tiren dengizidagi markazlar ham xuddi shunday joylashuvga va ixtisoslashuvga ega. Tirren dengizi turizm rekreatsion hududlariga Neapol, Sarrento, Kalabriya va Sitsiliya ni kiritish mumkin. Adriatika dengizida esa ~Venetsiya Riverasi oʻziga xos tarovatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

~ Sotsial va madaniy geografiya N. O. Komilova [va boshqalar] -Toshkent. Shafoat Nur Fayz 2020.182 −183 bet.

Zilzilalar

Italiya katta togʻli hududlar orasida joylashgani uchun u yerda yer qimirlashi oddiy holga aylanib qolgan. XX va XXI asrlarda qayd etilgan eng katta yer qimirlashlar roʻyxati.

1908: Redjio va Messina shahrida yer qimirlashi 1915: Marsikada yer qimirlash 1929: Bolonyada yer qimirlashi 1932: Abrutsoda yer qimirlashi 1972: Ankonada yer qimirlashi 1976: Friulida yer qimirlashi 1990: Santa Luchiyada yer qimirlashi 1997: Umbriya va Markeda yer qimirlashi 2002: Molizeda yer qimirlashi 2009: L’Akuilada yer qimirlashi 2012: Emile-Romaniida yer qimirlashi

Vulqonlar

Italiyada nafaqat tirik vulqonlar, shu bilan birga oʻlik vulqonlar ham mavjuddir. Quyidagilar esa ular orasidagi eng kattalaridir:

Etna – Yevropaning eng harakatchan vulqoni, balandligi 3340 m Vezuviy – (1277 m.) Stromboli – harakatchan vulqon Vulkano – harakatchan vulqon Manbalar

Havolalar