Beaumont — AQShning Texas shtatida joylashgan shahar. Jefferson okrugi tarkibiga kiradi.

Aholisi

AQSH janubidagi shahar, Neches daryosi boʻyida, Texas shtatida. Aholisi 114 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming kishi). Dengiz porti (yuk ortib tushirish yiliga 50 mln. t; neft va ximikatlar chetga chiqariladi), kema qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi bilan boglangan. AQSH dagi eng yirik neftni qayta ishlash sanoati markazlaridan biri. Neft kimyosi, kimyo, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Qora metallurgiya rivojlangan. Neft qazib olish jihozlari ishlab chiqariladi.

118296 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Geografiyasi Maydoni — 222,6 km2. Shundan 220,2 km2 quruqlik, 2,4 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 5 m balandlikda joylashgan. thumb|left|250px|Beaumont manzarasi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar www.cityofbeaumont.com

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Texas shaharlari