Essen — Germaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yerida. Aholisi 601 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. ReynXerne kanali boʻyidagi port. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, mashinasozlik (shu jumladan, elektrotexnika, ogʻir va transport mashinasozligi), toʻqimachilik, poligrafiya, sement, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. E.da yirik sanoat va moliya kompaniyalarining boshqarmalari joylashgan. Oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, muzeylar (xususan, Folkvang muzeyi, XIX—XX asrlar sanʼati) bor. Shahar ilk bor XI asrga oid yozma manbalarda tilga olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika cherkovi, sobor saqlangan.

Essen — Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi shahar. 2010-yili Yevropa madaniyat poytaxti deya topilgan.

Havolalar

Muntazam Essen Homepage (olmoncha)

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari