Kredit,  — boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Kredit (lotincha creditum — „qarz“, credo — „ishonaman“, „maʼqullayman“) — pul, tovar yoki xizmatlarni maʼlum muddatga, qaytarish va koʻpincha foiz toʻlash sharti bilan qarzga berish. Qarz beruvchi tomon kreditor, qarz oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit munosabatlari odatda qarzdan foydalanish shartlari koʻrsatilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Kreditning asosiy xususiyatlari — qaytarishlilik, muddatlilik va toʻlovlilikdir. Ayrim kreditlar garov yoki boshqa taʼminot asosida beriladi. Kreditlar muddatiga koʻra qisqa muddatli (bir yilgacha), oʻrta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) turlarga ajratilishi mumkin.

Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro va ipoteka kabi shakllari mavjud. Tijorat krediti bir xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan boshqasiga, odatda, tovar yoki xizmat uchun toʻlovni kechiktirish shaklida beriladi. Bank krediti banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladi. Uning ayrim moliyaviy shakllariga faktoring va forfeyting kiradi.

Davlat krediti davlatning qarz beruvchi yoki qarz oluvchi sifatidagi ishtirokini anglatadi. Davlat qarz olganda obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarishi mumkin. Isteʼmol krediti jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish maqsadida beriladi. Xalqaro kredit esa turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilar oʻrtasida qaytarish, muddatlilik va koʻpincha foiz toʻlash shartlari asosida yuzaga keladigan kredit munosabatlaridir.

Kredit iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. U vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni mablagʻga ehtiyoji boʻlgan korxona va shaxslarga yoʻnaltirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish imkonini beradi.

Kredit munosabatlarining barqarorligini taʼminlashda kredit siyosati muhim oʻrin tutadi. U kredit ajratish shartlari, foiz stavkalari, qarzning qaytarilishini taʼminlash va kredit xatarlarini kamaytirish choralarini qamrab oladi. Oʻzbekistonda bank faoliyati va kredit munosabatlari tegishli qonunchilik hujjatlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini hamda banklar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar asosida boshqariladi.

Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deb ataladi, uning harakati esa kreditning iqtisodiy mazmunini tashkil etadi. Kredit munosabatlari pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.

Turli korxonalar, firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari, shuningdek, aholi kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Ushbu subyektlarning har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo etadi. Vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlari va boshqa moliyaviy resurslar kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil..

Oʻzbekistonda kredit tizimi

Oʻzbekistonda kredit tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari muhim oʻrin tutadi. Markaziy bank bank tizimini tartibga solish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi. Tijorat banklari esa jismoniy va yuridik shaxslarga turli kreditlar ajratadi.

Kredit prinsplari qaytarib berishlilik prinspi. Muddatlilik prinspi. Foiz toʻlashlilik prinspi. Taʼminlanganlik prinspi. Maqsadlilik prinspi. Kredit — tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum koʻrinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir shaklidir" Kreditnig funksiyalari. Kreditlar odatda birinchi toifali garov ob’ektlari bilan taʼminlanadi.(yer, oltin va boshqa metallar).

Kredit subyektlari Banklar. Nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar. Korxonalar. Jismoniy shaxslar. Davlat. Davlat organi. Xalqaro moliya kredit tashkilotlari. Kredit munosabatlarining subyekti boʻlib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obyekti boʻlib pul va tovar hisoblanadi. Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud: Bank krediti Turkum:kredit Turkum:Moliya Tijorat krediti Bank kreditining obyekti boʻlib pul mablagʻlari hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti tovarlardir. Kredit funksiyalari Haqiqiy pullarni kredit operatsialari orqali almashtirish funksiasi. Qayta taqsimlash funksiasi- kredit vositalari vaqtinch boʻsh turgan mablagʻlarni unga muxtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi. Kredit muomula vositasini yaratish funksiyasi.(kredit muomala vositasi bular veksel,banknot va chek)

Kredit resurslarining manbalari Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat: korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ragʻbatlantirish fondlari; korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining boʻsh pul mablagʻlari.

Mohiyati Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan toʻlov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va hokazo) yuzaga chiqarib, ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar oʻrniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. Toʻrtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit oʻz muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning oʻziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.

Kredit turlari Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.

Bank krediti — kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.

Bank amaliyotida isteʼmol krediti qarz oluvchining shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun beriladi; kredit shartnomasida mablagʻdan foydalanish maqsadi, qaytarish muddati va foiz toʻlovlari koʻrsatiladi.Kredit va isteʼmol krediti nima. Myfin.by (ruscha). 25-yanvar 2017; yangilangan: 23-oktyabr 2024. Qaraldi: 27-iyun 2026. Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.

Manbalar

Havolalar Kredit haqida maʼlumot

Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar