Massachusetts — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 21,4 ming km². Aholisi 6,42 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Boston shahri Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat, markazini Konnektikut daryosi vodiylari bilan parchalangan yassitogʻlik, gʻarbiy qismini Appalachi togʻlari egallagan. Aralash oʻrmonlar (ayniqsa, togʻlarda) keng tarqalgan. Massachusetts aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy yuksalgan shtatlardan. Asosiy sanoat tarmogʻi — mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, vagonsozlik, toʻqimachilik va poyabzal sa-noatlari uchun mashinalar ishlab chiqarish Shunin-gdek, toʻqimachilik va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Kimyo, rezina, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Boston shahri Qishloq xoʻjaligi shaharlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga: sut chorvachiligi va parrandachilikka, sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan. Baliq ovlanadi. Massachusettsda Harvard va Klark universitetlari, texnologiya instituti bor. Turizm rivojlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Massachusetts Yangi Angliya regioniga kiradi. Bu region AQShning oltita shtatini oʻz ichiga oladi. Massachusetts shtatining nomi koloniyachilar kelishidan oldin shtat qirgʻoqlarida yashagan Massachusetts hindulardidan kelib chiqan. Bu atama „massa“ — „buyuk“ va „wachusett“ — „togʻli joy“ degan soʻzlarning qoʻshilishidan kelib chiqqan deb ishonalidi. Massachusettsning rasmiy laqabi „Qoʻltiq Shtati“dir. Sababi boshida u Massachusetts Qoʻltigʻi Kolonoyisa deb yuritilgan.
Manbalar
Turkum:AQSh: Yangi Angliya shtatlari Turkum:AQSh shtatlari