right|thumb|320 px|Almati shahridagi oʻzbek madaniyat markazining koʻrgazmasi (2008)Qozogʻistonlik oʻzbeklar — Qozogʻistondagi millatlar ichida soni boʻyicha uchinchi oʻrinni egallaydi. 2009-yilgi sanoq boʻyicha oʻzbeklar Qozogʻiston aholisining 2,8 %-ini tashkil qildi (457 200 kishi). Qozogʻistonlik oʻzbeklar asosan qishloq xoʻjaligi, kichik va oʻrta biznes bilan shugʻullanadi, shuningdek Qozogʻistonlik oʻzbeklar kirill alifbosidan foydalanadi. Biroq so'ngi yillarda Oʻzbekistondan ko'p oʻzbeklar ko'chib kelayapti va asta sekin lotin alifbosi bilan foydalanadigan odamlarning soni ko'payib borayapti.

Joylashuvi 2012-yilgi statistika boʻyicha Qozogʻistonda oʻzbeklar soni 494 ming kishini tashkil qilgan. Soʻnggi oʻn yili ichida oʻzbeklar tezlik bilan koʻpaygan (1,2 % 1990-yilda, 2,3 % 2000-yilda). Yoshi jihatidan oʻzbeklar qozoqlarga qaraganda ancha yosh.

Dinamikasi 1999-yil: 370 663 kishi (2,5 % aholi) 2005-yil: 419 000 kishi (2,8 % aholi)К проблеме численного и национального состава Республики Казахстан 2006-yil: 436 670 kishi (2,87 % aholi) 2007-yil: 445 304 kishi (2,86 % aholi)Этнодемографическая характеристика населения Республики Казахстан на современном этапе развития 2008-yil: 449 280 kishi (2,88 % aholi) 2009-yil: 457 200 kishi (2,90 % aholi) 2010-yil: 472 144 kishi (2,91 % aholi) 2011-yil: 484 463 kishi (2,95 % aholi) 2012-yil: 493 789 kishi (2,96 % aholi) 2013-yil: 511 ming kishi (3 % aholi)Свыше 11 млн казахов проживает в Казахстане. ИА Новости-Казахстан. 2014-yil: 521 252 kishi (3,04 % aholi) 2015-yil: 534 968 kishi (3,07 aholi) 2016-yil: 548 ming kishi (3,11 % aholi) 2017-yil: 563 103 kishi (3,12 % aholi)Қазақстандағы түркі халықтары 2018-yil: 576 817 kishi (3,15 % aholi) 2019-yil: 590 993 kishi (3,21 % aholi) 2020-yil: 605 137 kishi (3,25 % aholi). 2021-yil: 620 324 kishi (3,29 % aholi) 2022-yil: 637 880 kishi (3,34 % aholi) 2023-yil: 643 363 kishi (3,25 % aholi) 2024-yil: 660 554 kishi (3,29 % aholi)| БЮРО НАЦИОНАЛЬНОЙ СТАТИСТИКИ 2025-yil: 678 487 kishi (3,30 % aholi) Қазақстан Республикасы халқының жекелеген этностар мен жас топтары бойынша саны (2025 жыл басына)

Madaniyat Qozogʻistonlik oʻzbeklarning asosiy qismi (87,9 %) Janubiy Qozogʻiston viloyatida istiqomat qilishadi. Janubiy Qozogʻiston viloyati boʻyicha oʻzbek madaniyat markazining 11 filiali faoliyat yuritadi. Viloyat miqyosida yiliga „Til, urf-odat va madaniyat kunlari“ bayramini, „Ofarin“, „Lapar“ konkurslari, „Askiya“ kulgu festivali oʻtkaziladi. Viloyat aholisi „Umid“, „Nur“, „Parvoz“, „Gʻuncha“, „Sayram“, „Nulifar“, „Koʻngil“, „Yulduzcha“, „Sadaf“ shekilli ansambllarni yaxshi bilishadi. Viloyat oʻzbek drama teatri faoliyat yuritadi. Viloyatda toza oʻzbek tilida bilim beruvchi 64, aralash 78 maktab faoliyat yuritadiDnevnie obщeobrazovatelnie shkoli v Respublike Kazaxstan na nachalo 2009/10 uchebnogo goda. Viloyat markazida oʻzbek tilida 10 ta gazeta-jurnallar chiqariladi. Bundan boʻlak viloyat „Qazaqstan-Shimkent“, „Otirar“, tuman „Sayram“ telekanallarida oʻzbek tilida yangiliklar va dasturlar efirga uzatiladiөзіміздің өзбектер.

Manbalar

Havolalar http://www.assembly.kz http://e.gov.kz http://uzbek-nation.ru http://www.sarty.kz/

Turkum:Qozogʻiston xalqlari Turkum:Oʻzbekiston diasporasi