Asl metallar — Oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar (ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy). Kimyoviy jihatdan turgʻun, qiyin eruvchan (oltin, kumushdan tashqari), zanglamaydi, ulardan yasalgan buyumlar koʻrkamligi bilan ajralib turadi. Oltin, kumush va platinaning plastikligi yuqori. Kimyogarlar platinani oʻrganib, platinali metallar guruhini aniqlashdi. Ular orasida Yerdagi eng ogʻir metall — Osmiy ham bor. U qoʻrgʻoshindan ikki marta, temirdan esa deyarli uch marta ogʻir. Platinadan maxsus kimyoviy idish — platina tigeli tayyorlanadi. Bu metallarning shu xususiyatlari texnikada va hayotda keng ishlatiladigan qotishmalarida ham namoyon boʻladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.
+ASL METALLAR PROBASI Metall nomi Solish-girma ogʻirligi g/sm1 Erish temperaturasi, °S Qattiqligi, N boʻyicha kg/mm2 Ruteniy (Ru) 12,2 2450 200 Palladiy (Pd) 1262 1550 30 Kumush (Ag) 10,6 960,0 20 Osmiy (Os) 22,5 2700 350 Iridiy (Ir) 22,4 2443 160 Platina (Pt) 21,6 1769 30 Oltin (Au) 19,6 1063 18
Manbalar
Havolalar http://referat.arxiv.uz
Turkum:Kimyo