17-iyul — Grigoriy taqvimida yilning 198- (kabisa yilida 199-) kuni. Yil yakuniga 167 kun qoladi.

Bayramlar Yana qarang: :Turkum:17-iyul bayramlari Rossiya dengiz aviatsiyasi kuni. Slovakiya mustaqillik kuni

Voqealar Yana qarang: :Turkum:17-iyul voqealari 1429 — Inglizlardan qaytib olingan Reymsda Fransiya qiroli Karl VIIga toj kiydirish marosimi boʻlib oʻtdi (marosim chogʻida Janna d’Ark qirol boshi uzra bayroq ushlab turgan). 1453 — Yuz yillik urushning nihoyasi. Fransuzlar Kastilyonda inglizlarni magʻlub etishdi (bu jangdan soʻng Bordo fransuzlar qoʻliga oʻtdi). 1775 — AQShda ilk harbiy gospital ochildi. 1785 — Polyak Morits-Avgust Benevskiy oʻzini Madagaskar imperatori deb eʼlon qildi va Fransiyaga qarshi urush ochdi. 1791 — Parijda qirol Lyudovik XVIning isteʼfosini talab qilgan tinch namoyish oʻqqa tutildi. 1793 — Parijda Jan-Pol Maratning qotili Sharlott Korde qatl etildi. 1841 — ingliz hajviy jaridasi — „Panch“ (Punch)ning ilk soni nashr etildi. 1854 — Yevropada birinchi togʻ orqali oʻtgan temir yoʻl qurib bitirildi (Avstriya. 1868 — Yaponiya poytaxti Kiotodan Tokioga koʻchirildi. 1915 — Germaniya va Avstriya Bolgariya bilan ittifoq tuzdi. 1917 — Petrogradda ishci va askarlar namoyishi oʻqqa tutildi. 1928 — Meksikalik siyosatchi Obregon, mamlakat prezidentligiga saylovlarda yutib chiqqandan soʻng, Mexikoda oʻldirildi. 1938 — Amerikalik aviamexanik Duglas Korrigan anglashilmovchilik (kompas strelkalarini adashtirib yuborgan) tufayli Nyu-Yorkdan Dublinga uchib keldi (Los-Anjeles oʻrniga). 1942 — Stalingrad mudofaasi jangi boshlandi. 1944 — Normandiyada ingliz samolyoti nemis feldmarshali Ervin Rommelning avtomobilini oʻqqa tutdi, natijada nemis qoʻmondoni yaralandi. 1944 — Normandiyada Birinchi Kanada armiyasi jangga kirishdi. 1945 — Potsdam konferensiyasi boshlandi. 1946 — Yugoslaviyada antifashist harakati faxriysi polkovnik Draja Mihaylovich va uning sakkiz nafar tarafdori otib oʻldirildi. 1947 — Hind okeanida „Randas“ nomli hind kemasi halokatga uchradi, natijada 625 kishi halok boʻldi. 1972 — Monrealda „Rolling Stounz“ konserti oldidan guruh apparaturasi joylashgan yuk avtomobiliga qoʻyilgan bomba portladi. 1973 — Afgʻonistonda monarhiya bekor qilindi. 1974 — London Tauerida portlash. Bir kishi halok boʻldi. 1975 — „Soyuz“ (SSSR) va „Apollon“ (AQSh) kosmik kemalari jipslashishdi. 1975 — Kaliforniyada 75 yoshli fil Modok oʻldi, u Yerdagi eng koʻp yashagan sut emizuvchi hisoblanadi (odamlardan tashqari). 1976 — Monrealda XXI Olimpiya oʻyinlari boshlandi. 1979 — Nikaragua diktatori Anastasio Somosa AQShga qochdi. 1979 — Iroq prezidenti Saddom Husayn feldmarshal boʻldi. 1982 — Isroil Falastin Ozodlik Tashkilotiga Bayrutni tark etish uchun 30 kun berdi. 1990 — AQShda ilk mikrokompyuter patentlandi. 1994 — Braziliya terma jamoasi Italiya termasini magʻlub etib, futbol boʻyicha toʻrtinchi marotaba jahon chempioni boʻldi. 1996 — Nyu-York-Parij reysli samolyot halokatga uchradi, 229 yoʻlovchi halok boʻldi. 2011 — Oʻzbekiston xalqaro transport yoʻlagi boʻyicha bitimni tasdiqladi.

Tavalludlar Yana qarang: :Turkum:17-iyulda tugʻilganlar 1796 — Jan Batist Kamil Koro (Jean-Baptiste Camille Corot), fransuz musavviri. 1846 — Nikolay Mikluho-Maklay, rus sayyohi va etnografi. 1888 — Shmuel Agnon, isroillik yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori. 1889 — Erl Stenli Gardner, amerikalik yozuvchi. 1891 — Boris Lavrenev, rus yozuvchisi. 1894 — Jorj Lemetr, belgiyali astronom va matematik. 1898 — Berenis Ebbot, amerikalik fotograf. 1899 — Jeyms Kegni, amerikalik aktyor. 1901 — Bruno Yasenskiy, polyak yozuvchisi. 1917 — Dmitriy Belyayev, rus genetigi. 1934 — Donald Sazerlend, kanadalik aktyor. 1939 — Valeriy Voronin, rus futbolchisi. 1942 — Muslim Magomayev, ozarbayjon qoʻshiqchisi. 1947 — Kamilla Parker-Boulz, Uels shahzodasi Charlzning rafiqasi. 1949 — Terri Batler, ingliz rok-musiqachisi. 1949 — Garri Boumen, mashhur amerikalik jinoyatchi. 1956 — Brayan Trotye, kanadalik xokkeychi. 1963 — Letsiye III, Lesoto qiroli. 1972 — Yap Stam, golland futbolchisi.

Vafot etganlar Yana qarang: :Turkum:17-iyulda vafot etganlar 1399 — Yadviga, Polsha qirolichasi. 1790 — Adam Smit, ingliz iqtisodchisi. 1907 — Ektor Malo (Hector Malot) (1830da tugʻilgan), fransuz yozuvchisi. 1912 — Jyul Anri Puankare (Jules Henri Poincaré) (1854da tugʻilgan), fransuz matematigi, astronom, faylasuf. 1918 — Nikolay II (1868da tugʻilgan), Rossiya imperatori.− 1933 — Styáponas Dáryus (1896da tugʻilgan), litvalik uchuvchi, milliy qahramon. 1933 — Stásis Girénas (1893da tugʻilgan), litvalik uchuvchi, milliy qahramon. 1959 — Billi Holidey (haqiqiy ismi Eleonora Feygan) (Billie Holiday — Eleanora Fagan) (1915da tugʻilgan), amerikalik jazz qoʻshiqchisi. 1975 — Konstantin Gamsaxurdiya (1891da tugʻilgan), gruzin yozuvchisi. 1988 — Fyodor Nikitin (1900da tugʻligan), sovet aktyori. 1990 — Valentin Pikul, rus yozuvchisi. 1995 — Huan Manuel Fanxio (Juan Manuel Fangio), argentinalik avtopoygachi. 1999 — Kenja Jon Kennedi, AQSh prezidenti Jon Kennedining oʻgʻli., 2005 — Spartak Mishulin (1926da tugʻilgan), rus aktyori.

Havolalar

days.peoples.ru

Turkum:Sana *