Toshkent Metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi.
2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 50 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Metro bekatilarining eʼlonlar berish jarayoniga (Ehtiyot boʻling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat…) suxandonlar Tuhfa Ahmedova, Raʼno Dehqonova, Manzura Ahmadaliyevalar ovoz berishgan. 2006-yildan boshlab Muslima Murodovaning ovozi oʻrnatilgan.|Mamlakat=Uzbekistan 🇺🇿}}
Toshkent Metropolitenini rejalashtirish ishlari 1968-yilda, Toshkentdagi zilziladan ikki yil oʻtib, boshlangan. Markaziy Osiyoda yagona metro yoʻllari va bekatlar qurilishi 1972-yil iyul oyida boshlangan.
Tarixi
Toshkent metropoliteni tarixining boshlangan davri Toshkent metropolitenining qurilish tarixi XX asrning 60-yillariga borib taqaladi. Shahar tez o‘sib borayotgan va sanoat rivojlanayotgan davrda aholi zichligini kamaytirish va tezkor transport tizimini tashkil etish zaruriyati ortib borgan edi. Shahar transportida kuzatilgan tıjralar va muammolar, asosan, avtobus va trolleybuslar yo‘nalishlarining haddan tashqari bandligi, yo‘llarda tiqilinchlar va transportning sekin harakatlanishi, metropoliten qurilishi zaruratini yanada kuchaytirdi. Toshkentning metropoliten tizimini yaratish bo‘yicha rasmiy takliflar 1950-yillarning oxirlarida paydo bo‘la boshladi.
Toshkentda metropoliten qurish g‘oyasi dastlab 1957-yilda ilgari surildi. Biroq, qurilish ishlarini boshlash uchun poytaxtning geologik, iqlimiy va texnik sharoitlari o‘rganilishi kerak edi. 1965-yilda Toshkent shahrida metropoliten qurilishi uchun zaruriy tadqiqotlar yakunlandi va 1966-yilda Qurilish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Metropoliten qurilishi 1968-yilda boshlandi, bu davrda qurilish uchun zaruriy materiallar va uskunalar to‘plandi.
Qurilish jarayoni Toshkent metropolitenining qurilishi 1960-yillarning oxirida boshlangan bo‘lib, bu ishlar avvalgi eng katta qurilish loyihalaridan biri sifatida qayd etildi. Metropolitenning qurilishi uchun maxsus komissiya tashkil etildi va mehnat kuchi, materiallar va qurilish uskunalari shahar tashqarisidan olib kelingan. Qurilish ishlarini bajarish uchun 1000 dan ortiq mehnat resurslari jalb qilindi. Metropolitenning ilk chizmalari va dizaynlari Shvetsiya va Germaniyadagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.
1977-yil: Toshkent metropoliteni ochilishi Toshkent metropoliteni 1977-yilning 6-noyabrida rasmiy ravishda ochildi. Bu, shubhasiz, Toshkent shahrining tarixidagi muhim voqea edi, chunki bu transport tizimi shahar aholisining kundalik hayotini sezilarli darajada o‘zgartirdi va modernizatsiya jarayonini tezlashtirdi. Metropolitenning dastlabki liniyasi 13,3 kilometr uzunlikka ega bo‘lib, u 9 ta stantsiyadan iborat edi. Dastlabki yo‘nalish A (yoki hozirgi uchun, «Kizil liniya») liniyasi bo‘lib, Toshkent shahrining markaziy qismini va undan atrofdagi aholi punktlarini birlashtirdi.
Chilonzor yoʻli
thumb|right|310px|Chilonzor Metro bekati Toshkent metropoliteni 1-liniyasi — Chilonzor yoʻli 1977-yilda ochilgan boʻlib, hozir bu liniya uzunligi 23,7 km va 17 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 3 asosiy bosqichda amalga oshirilgan: 1977-yil 6-noyabrda birinchi navbatdagi uzunligi 12,2 km boʻlgan 9 ta bekat („Olmazor“, „Chilonzor“, „Mirzo Ulugʻbek“, „Novza“, „Milliy bogʻ“, „Xalqlar do'stligi“, „Paxtakor“, „Mustaqillik maydoni“, „Amir Temur xiyoboni“) ochilgan. 1980-yil 18-avgustda ikkinchi navbatda uzunligi 4,6 km boʻlgan 3 ta bekat („Hamid Olimjon“, „Pushkin“, „Buyuk ipak yoʻli“) foydalanishga topshirilgan. 2020-yil 26-dekabrda uchinchi navbatda yer ustidan oʻtadigan 6,9 km boʻlgan 5 ta bekat (Bekat-1,2,3,4,5) ishga tushirildi. Bekatlar nomlari „Choshtepa“, „O'zgarish“, „Sergeli“, „Yangihayot“ va „Chinor“. Qiymati 82,66 million AQSh dollariga teng boʻlgan bu loyiha 2017—2020-yillarda qurildi. Bu yoʻnalishda kuniga qoʻshimcha 35,000 nafar, yiliga 11,5 million yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston yoʻli
Toshkent metropoliteni 2-liniyasi — Oʻzbekiston yoʻli 1984-yilda ochilgan boʻlib, hozir bu liniya uzunligi 14,3 km va 11 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshirilgan: 1984-yil 7-dekabrda uzunligi 4,8 km boʻlgan 5 ta bekat („Alisher Navoiy“, „Oʻzbekiston“, „Kosmonavtlar“, „Oybek“ va „Toshkent“) ochilgan. 1987-yil 6-noyabrda uzunligi 3,3 km boʻlgan 2 ta bekat („Mashinasozlar“ va „Doʻstlik“) foydalanishga topshirilgan. 1989-yil 6-noyabrda uzunligi 2,4 km boʻlgan 2 ta bekat („Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“) ochilgan. 1991-yil 30-aprelda uzunligi 3,8 km boʻlgan 2 ta bekat („Tinchlik“ va „Beruniy“) ishga tushirilgan.
Yunusobod yoʻli
thumb|right|310px|Turkiston Metro bekati Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod tumani bilan bogʻlaydigan 3-liniyasi — Yunusobod yo'li Mustaqilik yillarida qurilgab boʻlib, ushbu liniyaning umumiy uzunligi 10,5 kilometr va 8 ta bekatdan iborat. Ushbu liniya qurilishini quyidagi 2 bosqichga boʻlish mumkin: 2001-yil 26-oktabrda uzunligi 7,6 km boʻlgan 6 ta bekat („Mingoʻrik“, „Yunus Rajabiy“, „Abdulla Qodiriy“, „Minor“, „Bodomzor“ va „Shahriston“) qurilgan. 2020-yil 29-avgustda uzunligi 2,9 km boʻlgan 2 ta bekat („Yunusobod“ va „Turkiston“) foydalanishga topshirildi.
O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li
Toshkent metropolitenining 4-liniyasi — O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li yer ustidan oʻtadi. Umumiy uzunligi 52.1 km va bekatlari soni 35 ta boʻlishi rejalashtirilgan bu liniyaning birinchi bosqichi qurilishi 2017-yilda boshlandi va 2020-yil 30-avgustda ochildi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu bosqichda qurilgan 7 ta bekatning (Texnopark, Yashnobod, Tezul, Olmos, Rohat, Yangiobod va Qo'yliq) umumiy uzunligi 11 km.
2023-yil aprel oyida Toshkentda yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan yana 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Qo‘yliq, Matonat, Qiyot, Tolariq, Xonobod va Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr. Yana ikkita stansiyani o‘z ichiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bo‘lgan Quruvchilar, Turon va Qipchoq bekatining (Chilozor liniyasining Chinor bekati) qurilishi davom etmoqda.
Toshkent metrosi liniyalari №NomiOchilgan yiliOxirgi stansiyani ochilgan yiliUzunligi, kmStansiyalar soniLiniya boʻyicha poezdlar vaqti, daq.Stansiya ish rejimiMetro Tashkenta: sxema, opisanie, fotoMarshrut xaritasi1Chilonzor yoʻli1977202023,7173305:00-00:002Oʻzbekiston yoʻli1984199114,3112105:00-00:003Yunusobod yoʻli2001202010,581505:00-00:004Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi yoʻli 2020202318.7 (kut. 52,1)14 (kut. 35)16 (kut. 70)05:00-00:00Umumiy:67,250
Metro bekatlari
Toshkent metropoliteni bekatlari loyihalashtirilgan davriga koʻra turli xil uslubda qurilgan. Metrodagi Chilonzor, Novza bekatlari gumbazsimon, Mustaqillik maydoni yigʻma monolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuqtai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks ettiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, Oʻzbekistonda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metall va boshqalardan foydalanilgan.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan.
Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi.
Yunusobod liniyasi ustidan yerosti suvlari oʻtganligi sababli baʼzi bekatlarda shiftdan chakka oʻtadi. Lekin bu yoʻlovchilarga va metropolitenga hech qanday xavf tugʻdirmasligi aytilgan.
Harakat Tarkibi Toshkent metropolitenida harakatlanadigan poyezdlarning eng yuqori tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi, oʻrtacha tezlik — 60 km/soat. Profilaktika ishlari olib borilayotgan joylarda — 40 km/soatgacha tezlik pasaytiriladi.
Metropoliten huzurida yosh kadrlarni tayyorlash markazi bor ekan. Mashinist boʻlishni xohlaganlar avvaliga 7 oylik nazariy bosqichni oʻqib tugatib, soʻngra amaliyotga oʻtishadi. Mashinistlar 4 toifaga boʻlinadi: yangi ishga kirgan mashinistlar 4-toifaga mansub boʻladi; 2 yil davomida qoida buzmasdan poyezd haydasa, imtihon topshirib 3-toifaga oʻtishi mumkin boʻladi; keyin yana 2 yil davomida yaxshi ishlasa, imtihon topshirib 2-toifa oʻtadi va shu tarzda mashinistlarning mahoratlari oshib boradi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishida eʼlonlar uchun diktor Madina Hasanovaning ovozi yozib olingan. Yunusobod va Oʻzbekiston yoʻnalishlari uchun esa Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimasi Muslima Murodova ovoz bergan.
Metropolitendan texnikaviy foydalanish qoidalari
Toʻlov
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi „Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra Toshkentdagi avtobus va metropoliten yoʻnalishlarida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etildi va 2020-yil 3-yanvardan yagona transport kartalari muomalaga chiqarildi. Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yoʻl chiptalarini sotish shoxobchalari, infokiosklar, barcha elektron toʻlov tizimlari, shuningdek, ATTO — mobil ilovasi orqali toʻldirish imkoniyati mavjud. Yoʻlovchilar toʻlovlarni yagona transport kartalari orqali amalga oshirishadi. Toshkent metropolitenining barcha bekatlari elektron toʻlovni amalga oshirish uchun mobil va statsionar validatorlar bilan toʻliq taʼminlandi.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metrosi kassalarida jetonlar sotilishi toʻxtatildi. Ammo, jetonlardan foydalanish 2020-yil 31-dekabr kuniga qadar davom etdi. Buning uchun bekatlarning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket qoldirildi
Hozir Toshkent metrosida quyidagi toʻlov usullari mavjud: right|thumb|Toshkent metrosining jetoni. Bunday jetonlardan 2020-yil 31-dekabrgacha foydalanilgan Yagona transport kartasi (ATTO); Bir martalik QR-chipta. U sotib olingan paytdan boshlab 30 daqiqa davomida amal qiladi va faqat u sotib olingan bekatda amal qiladi; NFC chipli bank kartalari (Humo, Visa, MasterCard); ATTO va Click mobil ilovalarida yaratilgan QR-kod bilan.
2019-yil 15-avgustdan boshlab metroda yoʻl haqi 1400 soʻmni tashkil etadi.
Nafaqadagi fuqarolar poytaxt metrosidan har kuni soat ertalab soat 10:00dan kech soat 16:00gacha bepul foydanalanish huquqiga ega. Bekatga kirishda pensiya guvohnomasini taqdim etish kerak.
Shuningdek, quyidagi toifadagi fuqarolar metropolitendan doim bepul foydalanish huquqiga ega: 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari; 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va 1-guruh urush nogironlarini kuzatib boruvchi shaxs; 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan mukofotlangan shaxslar; Afgʻoniston va boshqa mamlakatlar hududlarida jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq harbiy fuqarolar; Chernobil AESidagi fojea oqibatida radiatsiya va boshqa kasalliklarga chalingan shaxslar; koʻzi ojizlar va ularni kuzatib boruvchi shaxslar; oddiy majburiy harbiy xizmatning barcha harbiy xizmatchilari va shartnomadagi harbiy xizmatchilar.