Is’hoqxon toʻra Ibrat (1862–1937) – oʻzbek maʼrifatparvari, shoir, tarixshunos olim va ilk oʻzbek noshirlaridan boʻlib, asl ismi Is’hoqxon, „Ibrat“ esa uning taxallusidirIs’hoqxon Ibrat. Ilmi Ibrat. – Toʻraqoʻrgʻon: Matbaayi Is’hoqiya, 1909. 4-bet.. Hayoti Is’hoqxon toʻra Ibrat 1862-yilda Namangan yaqinidagi Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Uning bobosi Toʻraxon maxdum Qoʻqon xonligida katta eʼtiborga ega ziyoli insonlardan boʻlib, Toʻraqoʻrgʻonda uzoq yillar qozilik qilgan va „Afsus“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan"Yoshlar nashriyoti" Jadidlar toʻplami Is’hoqxona Toʻra Ibrat 4-5-betlar. Is’hoqxonning otasi Junaydullaxoʻja sheʼriyatga ixlos qoʻygan, „Xodim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Onasi Huribibi ham oʻqimishli ayol boʻlgan va uyida qishloq qizlarini oʻqitgan. 1870-yillarda otasidan ayrilgan Is’hoqxon dastlab hijo usuliga asoslangan qishloq maktabida oʻqiydi. Keyin onasini qoʻlida taʼlim olib savod chiqaradi"Mezon uz-zamon". Is’hoqxon Ibrat. I daftar, 36-bet.. Is’hoqxon oʻqishni davom ettirish uchun 1878-yilda Qoʻqonga boradi va Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasiga oʻqishga kiradi. Is’hoqxon Qoʻqonda oʻqib yurgan paytlarida „Ibrat“ taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshlaydi.
1922-yilda uning katta oʻgli Abbosxon bosmachilar odami sifatida shubha qilinib, rus hukumati askarlari tomonidan kaltaklab oʻldirilgan. Ushbu maʼlumotlar Is’hoqxon Ibratning „Qoʻrboshilar zamoni“ asarida yozilgan boʻlsa-da, 1937-yilda qatagʻon avjiga chiqqan pallada, bu qoʻlyozma asar ham Andijon zindonida yoʻq qilinadi"Yoshlar nashriyoti" Jadidlar toʻplami Is’hoqxona Toʻra Ibrat 129-bet.
Faoliyati Is’hoqxon Ibrat 1885-yilda Qoʻqondagi madrasani tugatib, Toʻraqoʻrgʻonga qaytadi. Is’hoqxon Toʻraqoʻrgʻonga qaytgach hijo usuliga asoslangan „usuli qadim“ maktablaridan tubdan farq qiladigan maktab ochadiIs’hoqxon Ibrat. Mezon uz-zamon. II daftar, 45-bet.. Uning maktabi „usuli savtiya“ metodiga asoslangan maktab boʻlib, anʼanaviy oʻqitish usullaridan farq qiladi. Ammo bu maktab uzoq faoliyat koʻrsata olmadi. Mutaassiblar maktab faoliyatini toʻxtatishga bir necha bor uringan va oxir-oqibat uni yopishga erishgan. Chet el hayoti va madaniyati bilan yaqindan tanishishni istagan Is’hoqxon 1887-yili sharq mamlakatlari boʻylab safarga otlandi. Is’hoqxon toʻraning safarga chiqishidan asosiy maqsad, avvalambor, onasining hajga olib borish haqidagi iltimosini qondirish boʻlsa, ikkinchidan, chet-el xalqlari hayoti, maʼdaniyati bilan yaqindan tanishish, xorijiy tillarni oʻrganish ishtiyoqi ediIs’hoqxon Ibrat. Lugʻati sitta al-sina. – Toshkent: Ilyin, 1901. 2-bet.. 1892-1896-yillarda Hindistonning eng katta port shaharlari Bombey va keyinroq Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon sayohati davomida 4 ta tilni mukammal oʻrganadi. Arab, fors, hind va ingliz tillari shular jumlasidandir. U sharq tillari bilan bir qatorda, gʻarb tillarini ham bilish zarur deb hisoblaydi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, qadimgi finikiy, yahudiy, suryoniy, yunon yozuvlarini oʻrganadiHaq soʻz. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, 56-son.. Is’hoqxon bu mamlakatlarda naqqoshlik, kishilarga muhr yasab berish, masjid-madrasalar peshtoqlariga va qabr toshlariga naqsh solib berish, kitoblardan naʼmuna koʻchirib berish bilan tirikchilik qiladi. Is’hoqxon toʻra Ibrat 1896-yilda Hindistondan Birma orqali Xitoyga, soʻngra Qashqarga oʻtdi va undan soʻng oʻz vataniga qaytadi. Is’hoqxon Hindistondan „Santur“ nomli musiqa asbobi, bir qancha plastinkalar va grammofon olib keladiDolimov U. Ishoqxon Ibrat. Tanlangan asarlari. – Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2005. – 200 b.. Is’hoqxon Toʻra Ibrat Oʻrta Osiyo hududidagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908-yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qoʻqongacha poyezdda, Qoʻqondan Toʻraqoʻrgʻonga tuyalarga ortib olib kelgan va oʻz hovlisida „Is’hoqiya bosmaxonasi“ni tashkil qilganKhalid A. Printing, Publishing, and Reform in Tsarist Central Asia. International Journal of Middle East Studies. 1994;26(2):187-200. doi:10.1017/S0020743800060207. Bu asbob-uskunalar mahalliy savdogar Gaufmandan toʻlovni 11 yilda amalga oshirish sharti bilan sotib olingan ediKhalid A. Printing, Publishing, and Reform in Tsarist Central Asia. International Journal of Middle East Studies. 1994;26(2):187-200. doi:10.1017/S0020743800060207Olim Usmon, Oʻzbekistonda rus tilining ilk targhibotchilari (Tashkent, 1962). Bu bosmaxona oʻtgan asrning 60-yillarigacha faoliyat koʻrsatib kelgan va u yerda oʻtgan davr mobaynida bir qator ilmiy-maʼrifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni tarqatish uchun Fargʻona vodiysi boʻylab oʻnlab kitob doʻkonlari tashkil qilingan. 1908-yilda „Fiqhi Kaydoniy“ nomli tarjima kitobi arabcha matnda nashr ettiriladi. 1907-yilda hattotlik sanʼatiga oid 17 xil yozuv bilan ifodalangan asari Turkiston general–gubernatori tomonidan faxriy chopon bilan taqdirlanadiIbrat I. Jome ul xutut. Namangan. 1912. OʻzR FA. ShI. Q. No 621. . Is’hoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908-yildayoq Namanganda „Matbaai Is’hoqiya“ni tashkil etib, kitob nashriga kirishgan ediBuyuk allomalarimiz merosida maʼrifiy islom. – Toshkent: Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021. –378-b.. Is’hoqxon Ibratning „Jomeʼ ul-xutut“ asaridan oldinroq yaratilgan „Sanʼati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy (Mirrajab Bandiy qoʻli bilan koʻchirilgan Ibrat husnixat sanʼati haqida Mufradot kitobi)“ asari xattotlar uchun husnixat boʻyicha qoʻllanma sifatida yaratilgan boʻlsa-da, Fargʻona vodiysi viloyat va shaharlarida faoliyat koʻrsatgan usuli jadid maktablaridan „Alifbo“ darsligi sifatida ham qoʻllangan. 1914-yilda Toʻraqoʻrgʻonda rus makatabi ochdi va uni „Uchitel“ deb nomladi. Maktabni 1916-yilda general-gubernatorlik maʼmuriyati ruxsatisiz ochilganini bahona qilib yopib qoʻyishadi. Is’hoqxon Ibrat 1898-yildan boshlab Toʻraqoʻrgʻon va Namangan shaharlarida xalq qozisi lavozimida faoliyat yuritdi.
1913-yilda „Matbaai Is’hoqiya“ qoshida „At-Tujjorun Namangon“ nomida gazeta chiqarishga harakat qiladi va hukumatdan ruxsat olish uchun ariza yozadi. Har qancha harakat qilsa-da, Is’hoqxon gazeta chiqarishga muvaffaq boʻla olmadi. Lekin keyinchalik oʻz uyida kutubxona tashkil qildi va uni „Kutubxonayi Is’hoqiya“ deb atadi. Kutubxonaning maktab oʻquvchilariga bagʻishlangan boʻlimida S.Saidazizov, Munavvarqori Abdurashidxonov, A.Avloniy, M.Behbudiy, Ismoil Gaspirali, S.Gramenitskiy kabi pedagoglarning ellikdan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari bir necha nusxada, taʼlim-tarbiyaga oid yuzlab noyob kitoblar boʻlgan. Ibrat kutubxona aʼzolarining kitob olish va oʻqib boʻlgach, uni topshirish daftarini ham joriy qilgan. Maosh bilan ishlovchi kutubxonachi ham tayinlangan. Biroq, bir necha ming kitob, qoʻlyozmalar, gazeta va jurnallar toʻplamini oʻz ichiga olgan ushbu kutubxona 1917—1920-yillarda talon-taroj qilindi. 1937-yilda butunlay yoʻq qilib yuborilganPismo v redaksiyu. // Turkiston viloyatining gazeti, 1911, 70-son.. U jamoat arbobi sifatida otasidan qolgan besh tanob yerda xalq uchun istirohat bogʻi yaratdi, toshdan katta hovuz va oʻrtasiga favvora qurdiradi, 150 tup archa va manzarali daraxtlardan xiyobon barpo etdi. Yevropa usulida katta imorat qurdirib, arkiga „Xush kelibsiz, Is’hoqiya bogʻiga“ deb yozib qoʻygan.
Is’hoqxon Ibratning sheʼr va maqolalari „Taraqqiy“, „Tujjor“, „Sadoyi Turkiston“ „Al-Isloh“ gazeta va jurnallarida, Mahmudxoʻja Behbudiyning „Oyina“ jurnalida, Obidjon Maxmudovning „Sadoyi Fargʻona“ gazetasida doimiy bosib chiqarilgan.
Lugʻati sitta al-sina Is’hoqxon „Lugʻati sitta al-sina“ asarini XIX asrning 90-yillarida, chet el safaridan qaytgach yozgan. Biroq, qattiq nazorat va taʼqiblar tufayli bu lugʻat ancha kechikib, 1901-yilda Toshkentdagi V. I. Lenin nomidagi bosmaxonada chop etilgan. Lugʻat olti tilli, murakkab, oʻzbekcha soʻzlarning arabcha, forscha, hindcha, turkcha va ruscha tarjimalaridan iborat. Mingdan ortiq soʻzlarni oʻz ichiga olib, 53 bet va ikki qismdan tashkil topganIs’hoqxon Ibrat. Lugʻati sitta al-sina. – Toshkent: Ilyin, 1901. 2-bet.. Is’hoqxon Ibratning mazkur lugʻatini arab alifbosida yaratishi ham turkiy xalqlarni ruslashtirish siyosatiga zid edi. Lugʻatning birinchi qismi alifbo tartibida tuzilgan boʻlib, har qaysi harfga alohida kichik-kichik boblar ajratilgan. Asarning ikkinchi qismi 37 bobdan iborat boʻlib, feʼllarning boshqa shakllari, otlar, kishilik olmoshlari, kun, oy nomlari, odam aʼzolari, hayvonlar, hasharotlar, parrandalar, oziq-ovqat va boshqa predmetlarning nomlarini oʻz ichiga olgan. Bu qismda avval arabcha, keyin uning forscha, turkcha, hindcha va ruscha tarjimalari keltiriladi"YOSHLAR NASHRIYOT UYI" – Toshkent 2022. Jadidlar toʻplami, Is’hoqxon toʻra Ibrat 27-bet.Xabarlar // Turkiston viloyatining gazeti. 1901, 4-avgust..
Jomeʼ ul-xutut Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda tilshunoslikning oʻsha davr uchun hali oʻrganilmagan – dunyo yozuvlari tarixi va husnixati sohasiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“ (Yozuvlar majmuasi) asarini oʻz bosmoxonasi „Matbaai Is’hoqiya“da chop etdi. Muallif oʻzining ushbu ilmiy asarida eng qadimgi yozuvlaridan – piktografiya (lotincha „pictus“ – rasm va grekcha „grapho“ – yozaman) to XX asr boshlaridagi eng mukammal yozuvlargacha bosib oʻtilgan taraqqiyot davrini yoritib bergan. Is’hoqxon Ibratning ushbu asari 132 betdan iborat boʻlib, oʻsha davrda dunyoga mashur boʻlgan qirqqa yaqin yozuv tizimi haqida, shu jumladan, arab xatining suls, tavqeʼ, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi husnixat shakllari haqida maʼlumot beradi.
Tarixi Fargʻona Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan muallifning eng yirik va keng qamrovli asari „Tarixi Fargʻona“ 1912-1913-yillarda yozib tugatilganTurkiston viloyatining gazeti. 1913, 48-son.. Is’hoqxon Ibrat ushbu musavvada holatda boʻlgan asar qoʻlyozmasini xattot Inoyatxon Toʻraqoʻrgʻoniyga koʻchirtiradi va yaqin tanishlaridan „Turkiston viloyatining gazeti“ sobiq xodim tarixchi Mulla Olim Maxzum hojiga (bu olim ham xuddi shu davrga bagʻishlangan „Tarixi Turkiston“ nomli asar yaratgan) va yaqin doʻsti Ibn Yaminbek vafot etgani uchun uning ukasi Fansurullohbek Xudoyorxon ogʻliga – Toshkentga yuboradi. Oʻzining bosmaxonasi „Matbaai Is’hoqiya“ shoʻro hukumatining dastlabki yiliyoq egasidan tortib olingan va bu asarni oʻz bosmoxonasida nashr etish imkoniyatidan mahrum etilgan edi. 1910-yillarning ikkinchi yarmidagi parokandalik, qatagʻon, buning ustiga, Mulla Olim Maxzumning vafot etishi, Fansurullobekning qamoqqa olinishi va qamoqda vafot etishi oqibatida asar qoʻlyozmasi boshqa notanish insonlar qoʻlida qolib ketganIs’hoqxon Ibrat. Tarixi Fargʻona. Qoʻlyozma. OʻzR FASHI Qoʻlyozmalar fondi. inv. 11080, 4-bet.. Gʻarb tillarini ham mukammal bilgan olim „Tarixi Fargʻona“ asarini yaratish jarayonida atoqli sharqshunos olimlar V. V. Radlov, V.V.Bartold, V. P. Nalivkin, turkshunos, etnograf, sayyoh Herman Vamberi asarlaridan foydalangan.
Is’hoqxon Ibrat XIX asrning birinchi yarmi – Muhammadalixon hukmronlik qilgan davrni qalamga olar ekan, 1842-yilgi Qoʻqonda boʻlib oʻtgan qirgʻinni ham keng yoritib beradi. Buxora amiri Nasrullo Qoʻqonga bostirib kirib, shaharni talagan. Asarda shu bilan bir qatorda Nodirabegim hayoti va faoliyati haqida koʻplab maʼlumotlar keltirilgan. Tarixchi-olim Is’hoqxon Ibrat asarda Qoʻqon xonligida hukmronlik qilgan xonlar faooliyatini xronologik tarzda bayon etadi.
Sheʼriyati Is’hoqxon Ibratning zamondoshi, shoir, tarjimon, xattot Sulaymonqul Muhsiniy Is’hoqxon Ibratning fazilatlari haqida gapirib, „sohibi devon“ deb taʼrif bergan. Bundan tashqari, Ibrat sheʼrlarining kichik bir qismini toʻplab, oʻz matbaasida „Ilmi Ibrat“ nomi bilan 1909-yilda Oxunzoda Abdurauf Shahidiy muharrirligida chop etgan. Kitob soʻnggi soʻz qismi bilan birgalikda 16 betdan iborat boʻlib, 1 ta arabcha, 3 ta forscha, 5 ta oʻzbekcha sheʼrdan tashkil topgan. Toʻplamdagi sheʼrlarning asosiy mazmunini shoir yashab ijod etgan tuzumdagi adolatsizlikni tanqid ostiga olish va xalqni ilm-maʼrifatga chaqirish gʻoyalaridan tashkil topgan.