Johannes Robert Becher (; 1891-yil 22-may, Myunxen – 1958-yil 10-nyabr, Berlin) – nemis yozuvchisi.
Hayoti Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. „Hammaga“ (1919), „Doimiy qoʻzgʻolonda“ (1920), „Xudo nomi bilan“ (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. B.ning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi „Lyuizit“ (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim oʻrin egallaydi. 1933—45 yillarda muhojirlikda yashaydp. „Baxt izlovchi va yetti gunoh“ (1938), „Asr oʻrtasiga qadam“ (1958) va boshqa sheʼriy toʻplamlari; „Vidolashuv“ (1940) romani bor. Bu romani oʻz biografiyasi asosida yozilgan. „Tajribalar“ (1951— 57) madaniyat muammolariga bagʻishlangan. Xalqaro mukofot laureati (1952).
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar