Botir Davronovich Boboyev (1914.15.5 — Toshkent — 1984-yil, 11-aprel) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942-yildan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945-yil yanvarda Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—1947). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952—1972). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972-yildan) lavozimlarida ishlaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Nekrolog http://press.natlib.uz/ru/editions/74533 http://press.natlib.uz/ru/editions/76807
Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:4-noyabrda vafot etganlar Turkum:15-mayda tugʻilganlar Turkum:Tasvirsiz maqolar Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini olgan oʻzbeklar