Imperiya (lotincha imperium — hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; baʼzi qadimiy zamon (Rim imperiyasi), oʻrta asr ("Muqaddas Rim imperiyasi") yirik monarxiya davlatlari ham imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati agʻdarilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804— 1914-yillarda (1868-yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-yildan 1918-yil inqilobiga qadar) imperiya boʻlgan; 2) mustamlakalari boʻlgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Imperiya (lotincha imperium, ma'nosi yuqori hokimiyat) — boshligʻi imperator unvoniga ega boʻlgan monarxiya davlati. Bitta markazdan boshqariladigan koʻpmillatli, yoki koloniyalarga ega boʻlgan davlatlar ham imperiya deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda davlat boshligʻi imperator boʻlgan bitta davlat bor - Yaponiya (lekin amalda Yaponiyaning oʻzi imperiya emas).

Mashhur imperiyalar Avstriya-Vengriya imperiyasi (1867 — 1918) Akkad imperiyasi (tah. e. a. 2350 — 2150 - tarixdagi ilk imperiya) Ossuriya imperiyasi (ок. 900 — 612 до н. э.) Bolgariya imperiyasi (681 — 1018; 1185 — 1396) Braziliya imperiyasi (1822 — 1889) Britaniya imperiyasi (ок. 1583 — 1960) Venetsiya imperiyasi (c. 900 — 1797) Vizantiya imperiyasi (395 — 1453) Vetnam imperiyasi ( — 1945) Gʻaznaviylar imperiyasi (977 — 1186) German imperiyasi (1871 — 1918) Germaniya kolonial imperiyasi (1884 — 1918) Daniya kolonial imperiyasi Misr imperiyasi (e. a. 1550 — 1070) Oltin Oʻrda (1378 — 1502) Asteklar imperiyasi (1375 — 1521) Gabsburglar imperiyasi (Avstriya imperiyasi) (1804 — 1867) Gaiti imperiyasi (1804 — 1806) Gana imperiyasi Gupta imperiyasi (320 — 550) Inklar imperiyasi (1438 — 1533) Kongo imperiyasi Kushon imperiyasi Mali imperiyasi Nanda imperiyasi Sosoniylar imperiyasi (224 — 651) Temuriylar imperiyasi (1401 — 1505) Tu'i Tonga imperiyasi (950 — 1875) Ispan imperiyasi (1492 — 1975) Italiya kolonial imperiyasi(1885-1960) Xitoy imperiyasi (e. a. 221 — 1912) Koreya imperiyasi (1897 — 1910) Kxmer imperiyasi (802 — 1462) Makedon imperiyasi (tah. e. a. 338 — tah. e. a. 309) Boburiylar saltanati (1526 — 1857) Maura imperiyasi Meksika imperiyasi (1822 — 1823, 1864 — 1867) Mog'ul imperiyasi (1206 — 1294) Niderlandiya kolonial imperiyasi Usmoniylar imperiyasi (1281 — 1923) Fors imperiyasi (tah. e. a. 550 — 330) Portugaliya imperiyasi (1495 — 1975) Rim imperiyasi (27 до н. э. — 476) Rossiya imperiyasi (1721 — 1917) Muqaddas Rim imperiyasi (843 – 1806) Serb imperiyasi (1345 — 1371) Teotixuakan imperiyasi Uchinchi reyx (1933 — 1945) Birinchi fransuz imperiyasi (1804 — 1815) Ikkinchi fransuz imperiyasi (1853 — 1871) Fransuz kolonial imperiyasi (tah. 1605 — 1960-yillar) Xett imperiyasi (e. a. 1460 — 1180) Markaziy Afrika imperiyasi (1977 — 1979) Shved imperiyasi (1561 — 1878) Shved kolonial imperiyasi Elam imperiyasi Efiopiya imperiyasi (XIX asr — 1974) Yaponiya imperiyasi(1867-1945)

Manbalar

Turkum:Davlat

Turkum:Imperiyalar Turkum:Imperiyalar tarixi Turkum:Imperatorlar Turkum:Yaponiya