Herbert Charles Brown (1912.22.5, London — 2004.19.12, Lafayette, Indiana, AQSh) — Amerika kimyogari. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1957-yildan). Kimyoga oid asosiy tadqiqot ishlari bor. Diboranni sintez kilishning oddiy usulini ishlab chiqqan. Toʻyinmagan organik birikmalarni gidroborirlash reaksiyasini kashf etgan (1959). Trimetilbor yoki diboran hosilalarining aminga qoʻshilishini tadqiq qila turib, molekuladagi sterik kuchlanishni miqdoriy usulda oʻrganish nazariyasiga asos solgan. Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi (1966-yildan), Nobel mukofoti laureati (1979, G. Vittig bilan hamkorlikda)Nobel mukofoti sovrindorlari"BRAUN (Braun) Gerbert Charlz" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Ei-Ichi Negishining biografik xotirasi (inglizcha) // 2008-yil, Milliy Fanlar akademiyasi Vashington, D.C

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:22-mayda tugʻilganlar Turkum:19-dekabrda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:Tasvirsiz maqolar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari