BOʻZSHOʻRA () — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dagʻal tukli. Gullari mayda, toʻptoʻp boʻlib barg qoʻltigʻiga joylashgan. Bo'zsho'ra choʻlda, shoʻrxok yerlarda zich oʻsadi. May oyida gullab, sentabrda, mevasi yetiladi. B. bargida oksalat kislotaning kaliy va natriyli tuzlari koʻp boʻlganidan qoʻylar zaharlanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Biologik turlar