Boʻgʻirsoq (, , , , , , ) Oʻrta Osiyo, Idil-Ural, Moʻgʻuliston va Yaqin Sharq oshxonalarida uchraydigan qovurilgan xamirli ovqat turiWaters (2007), 51.. U uchburchak yoki baʼzan shar shaklida boʻladiMayhew and Noble (2007), 112.. Xamir un, xamirturush, sut, tuxum, sariyogʻ, tuz, shakar va margarindan tayyorlanadiSchreiber (2008), 107.. Tojik boʻgʻirsogʻini tayyorlashda koʻpincha xamirni qovurishdan oldin mayda suzgichning pastki qismiga bosilib, naqsh bilan bezatib olinadi.200px|thumb|right|Almatida Boʻgʻirsoq kuni, Qozogʻiston Boʻgʻirsoq xamirdan tayyorlab yogʻda pishiriladigan taom. Boʻgʻirsoq turli joylarda har xil uslublarda tayyorlanadi. Toshkent va uning atroflarida: elangan bugʻdoy unidan suv, sut, tuxum, shakar va yogʻ solib qorilgan xamir asnosida tayyorlanadi. Xamir pichoq bilan yongʻoqday yoki undan kattaroq qilib kesilib, qizib turgan yogʻda to qizarguncha qovuriladi. Fargʻona vodiysi va Buxoroda suv bilan sutga qorilgan xamirni oʻqlogʻida yoyib, toʻrtburchak shaklida kesib yogʻda qovuriladigan boʻgʻrisoq turi keng tarqalganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Boʻgʻirsoq koʻpincha shirinlik sifatida, sirop, murabbo yoki asal bilan isteʼmol qilinadi. Ular pechene yoki shirinlik sifatida ham dasturxonga tortilishi mumkin. Boʻgʻirsoqlar qovurib tayyorlanganligi sababli ularni baʼzan ponchiklar bilan solishtirishadi. Moʻgʻullar va turkiy xalqlar boʻgʻirsoqni choyga botirib, Markaziy Osiyoliklar esa koʻpincha shoʻrva bilan birgalikda isteʼmol qilishadiSchreiber (2008), 104..
Uštipci (,) Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, ayniqsa Vojvodina va Sloveniyada mashhur boʻlgan ponchikka oʻxshash qovurilgan xamir toʻplari boʻlib, ular „miške“ deb ham nomlanadi. right|thumb|200 px|Xonaki tayyorlangan boʻgʻirsoqlar Galereya
Manbalar
Turkum:Undan tayyorlanadigan taomlar Turkum:Oʻzbek oshxonasi Turkum:Boshqird oshxonasi Turkum:Qozoq oshxonasi Turkum:Qirgʻiz oshxonasi Turkum:Moʻgʻul oshxonasi Turkum:Tatar oshxonasi Turkum:Sovet oshxonasi Turkum:Rus oshxonasi Turkum:Sutli taomlar