Abak (, , — taxta, hisob taxtasi), abaka  — Yunonistonda, keyinchalik Gʻarbiy Yevropada XVIII asrgacha arifmetik amallarni yechishda qoʻllangan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va hokazolarni surib, amallar yechilar edi. Hozirga qadar baʼzi Sharq mamlakatlarida abakka oʻxshash sanoq taxtachalari qoʻllanadi. Hisoblarda ishlatiladigan choʻt ham abak turi hisoblanadi. Lekin abak choʻtlar kashf qilinganidan keyin ahamiyatini yoʻqotgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Qadimgi fan