Abdulla hofiz Fayzullayev (1869-yil, Namangan — 1944-yil, Oʻsh) — xonanda. Oʻzbekiston xalq hofizi (1943) va Qirgʻiziston xalq artisti (1940). Namanganda tashkil etilgan havaskorlar toʻgaragi "Sharq truppasi" (1914 — 1926)da, Oʻshdagi musiqali drama (1926 — 1941), Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatrlari (1941 — 1944)da ishlagan. "Ilgʻor", "Koʻcha bogʻi", "Eshvoy", "Girya", "So-dirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayniy", "Abdurahmonbegi", "Segoh", "Bayot", "Qalandariy" va boshqa ashula yoʻllarini mahorat bilan ijro etgan. Baland va shirali ovozi bilan oʻziga xos uslub yaratgan. Abdulla hofiz Fayzullayev Abdulla hofiz Fayzullayev ijrosidagi maqom va ashula yoʻllari Oʻzbekiston radiosida yozib olingan (1941).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Oʻshda vafot etganlar

Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1926-yilda vafot etganlar