Abdurahmon (1844—1901-yil, 10-yanvar) — Afgʻoniston amiri (1880—1901). Doʻstmuhammadxonning nabirasi. Taxt uchun oʻzaro nizolarda magʻlubiyatga uchragach, Turkistonga qochgan (1869). 1878— 1880-yillardagi ingliz-afgʻon urushi davrida vataniga qaytib, Shimoliy Afgʻonistonda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan (1880). 1880-yil 31-iyulda Zammada Afgʻoniston amiri deb tan olingan. Abdurahmon Afgʻonistonning hududiy yaxlitligini saqlashga intilgan, biroq Angliyaning zoʻravonligi ostida „Dyurand chizigʻi“ni Afgʻonistonning sharqiy chegarasi deb tan olishga majbur boʻlgan (1893). Unga koʻra, koʻplab afgʻon aholisi yashaydigan hududlar Angliyaning Hindistondagi mulklari qatoriga kiritilgan. Abdurahmon ichki nizolarga barham berib, mamlakat xoʻjaligini mustahkamlashga imkon yaratib bergan hukmdor sanaladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1844-yilda tugʻilganlar Turkum:1901-yilda vafot etganlar Turkum:1-oktabrda vafot etganlar Turkum:Barakzoilar sulolasi Turkum:Afgʻoniston amirlari Turkum:19-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:20-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:Osiyodagi 19-asr hukmdorlari Turkum:19-asr afgʻon siyosatchilari