Abulqosim Bobur (1422-yil, Hirot − 1457-yil, Mashhad) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shoir va mirzo, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Abulqosim Bobur Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-yil fevral oyida Hirotni egallaydi. Shuningdek, u temuriylarning Xurosondagi hukmdori ham boʻlgan (1449—1457-yillar). 1454-yilda Samarqand uchun qilgan jangi muvaffaqiyatsiz boʻladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, forsiy tillarda sheʼrlar yozgan.
Manbalar
Adabiyotlar Peter Jackson (1986). The Cambridge History of Iran, Volume Six: The Timurid and Safavid Periods.
Turkum:1457-yilda vafot etganlar Turkum:Imom Rizo maqbarasiga dafn etilganlar Turkum:Temuriylar