Vera Dmitriyevna Aleksandrova (1921-yil 26-iyul, Galich shahri) — aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1981). 1951-yildan Gorkiy nomidagi rus drama teatri aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Milford xonim („Makr va muhabbat“), Anita Edgar („Baliqchining oʻgʻli“), Gavharshodbegim („Mirzo Ulugʻbek“), Farmonbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Nadejda Cheboksarova („Quturgan pullar“) va boshqalarOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:26-iyunda tugʻilganlar