Andre-Mari Amper (fransuzcha: André-Marie Ampère; 1775.22.1, Lion −1836-yil, 6-oktyabr, Marsel) — fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij fanlar akademiyasi aʼzosi (1814), Parijdagi Normal maktab professor (1824). 1820-yilda elektr toklarining oʻzaro mexanik taʼsiri (Amper qonuni)ni kashf qilgan, tok taʼsirida magnit milining ogʻish yoʻnalishini aniqlaydigan „Qalqovich qoidasi“ni (qarang Amper qoidasi) taʼriflab bergan, magnitlarning oʻzaro taʼsiri aylanma elektr toklarining oʻzaro taʼsiridir degan (moddalarning magnit xossalarini tushuntiruvchi) gipotezani taklif qilib, magnetizmning dastlabki nazariyasini yaratgan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari „Tajribadan keltirib chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi“ (1826-27) asarida tavsiflangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:1775-yilda tugʻilganlar Turkum:1836-yilda vafot etganlar Turkum:22-yanvarda tugʻilganlar Turkum:10-iyunda vafot etganlar Turkum:Fransiya kolleji akademik xodimlari