Angor — Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi; Surxon-Sherobod vodiysida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida. Termiz shahridan 33 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Navshahardan 14 kilometr. Aholisi 14,1 ming kishi (1995). Angor arigʻidan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 ta umumiy taʼlim maktabi, 4 ta bolalar bogʻchasi, tuman markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, oʻsmirlar poliklinika-si, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman boʻlimi, savdo punktlari, 2 ta kinoteatr, 2 ta kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish punkti bor"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Surxondaryo shaharlari Turkum:Angor tumani