Andamanlar — Andaman o.larining (Hindiston) tub aholisi. XIX asr oʻrtalarida ularning soni 5 mingga yaqin edi. Mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Hozir bir necha yuz kishi qolgan. A.ning bir qismi kelgindi xalqlar bilan aralashib, oʻzlarining et-nik va til xususiyatlarini yoʻqotganlar. Antropologik jihatdan A negroidlarga kiradi. A.ning boʻyi past (erkaklari 148 sm, ayollari 138 sm), sochlari jingalak, badanlari qora. A., asosan, ovchilik bilan shugʻullanadi, anʼanaviy ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qiladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil