Pyotr Kuzmich Anoxin (1898.14.1, hozirgi Volgograd — 1974.6.3, Moskva) — fiziolog, akademik (1966) va Meditsina fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1945). Ilmiy ishlari neyrofiziologiya — shartli reflekslar va ichki tormozlanish mexanizmi, nerv sistemasi ontogenezi va boshqa masalalarga oid. Organizmni bir butun holda oʻrganib, shu asosda funksional sistemalar nazariyasini (1935) kashf etgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil