Saidmagʻruf Magʻrupovich A’zamxoʻjayev (1917-yil, 11-may, Toshkent) – jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariyagigiyena, keyin stomatologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 – 91). 1991-yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastro-duodenal qon oqishlar, me’da va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir ap-penditsit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, "oʻtkir qorin" va boshqalarga oid. A’zamxoʻjayev portal gipertenziya va jigar sirrozi, shuningdek oʻpka silini jarrohlik yoʻli bilan davolash usullarini ish-lab chiqqanOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:5-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Jarrohlar