Neris () yoki Viliya () — Litva va Belarusdagi daryo, Nemanning oʻng irmogʻi. Minskdan shim. dagi botqoqliklardan boshlanadi. Uzunligi 510 km, havzasining mayd. 25,1 ming km. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 182 m3/sek. Neris havzasida 1,5 mingdan ziyod koʻl bor. Nerisning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Sohilida Vilnyus va Kaunas shaharlari joylashgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Belarusdagi daryolar Turkum:Litvadagi daryolar