Vitruviy (Vitruvius) (miloddan avvalgi 80-70-yil – miloddan avvalgi 15-yil) – rim meʼmori va muhandisi. „“ ilmiy asari bilan tanilgan. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qadimgi ellinistik yunon va rim meʼmorligida toʻplangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. Vitruviy traktati XV asrda chuqur oʻrganilib, XVII—XVIII asrlar meʼmoriy order shakllarini yaratishda muhim rol oʻynagan.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Meʼmorlar Turkum:Muhandislar