Vrangel oroli (eskim.Умкилир)- Shimoliy Muz okeanidagi orol, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlari oraligʻida. Maydoni - 7300 km². Orolning eng baland joyi 1096 m, fillit, granit, gneys, kristalli slaneslardan tuzilgan. Ikdimi juda sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura —1 G. Yoz salqin va qiska, iyulning oʻrtacha temperaturasi 2° dan 2,5" gacha. Tabiati Arktika tundrasiga xos. Qutb stansiyasi bor (1926-yildan). 1976-yil orolda qoʻriqxona tashkil etilgan (oq ayiq, oq gʻoz, morj, mushkli buqa yashaydi). Orol rus dengiz sayyohi Ferdinand Vrangel nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Rossiya geografiyasi Turkum:Orollar Turkum:Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari