Maʼmur Boymurodov (1942, Koson tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1993). Qarshi pedagogika institutining geografiya fakultetini tugatgan (1968). 1968-yildan Koson tumanidagi 62-maktabning geografiya oʻqituvchisi. Boymurodov geografiya fanini chuqurlashtirilgan dastur asosida oʻqitib, oʻquvchilarning maʼnaviy tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi, boy milliy qadriyatlarni ularga singdirishda dars va darsdan tashqari tadbirlardan unumli foydalanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Koson tumanida tugʻilganlar