Hadfild poʻlati [ingliz metallurgi R. A. Hadfild (1858—1940) nomidan] — yuqori bosimlar yoki zarbiy taʼsirlarga, yeyilishga (ishqalanishga) qarshiligi yuqori boʻlgan poʻlat. Tarkibida marganes (11—14%) va uglerod (0,9—1,3%) miqdori ko'pligi bilan boshqa poʻlatlardan farq qiladi. H.p.dan tayyorlangan shakldor quymalar sanoatda (maydalagichlarning jagʻlari va tegirmon sharlari tayyorlashda) va transportov (rels krestovinalari, temir yoʻl strelka oʻtkazgichlari tayyorlashda) ishlatiladi.

Belgili roʻyxat qismi Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil