Garnitura, toʻplam (frans. qarniture) — muayyan maqsad uchun moʻljallangan narsalar yigʻindisi: 1) mebel G.si (garnitur) — vazifasi jihatidan umumiy bir maqsadga qaratilgan (zal, oshxona, yotoqxona yoki kabinetni jihozlash uchun zarur boʻlgan) mebellar majmui; 2) kiyim-kechak G.si — ayollarning ichki yoki ustki kiyimlari toʻplami; 3) shrift G.si — bosmaxonada harf terish uchun zarur materiallar, bunday G. shrifti oʻlchamlari (kegli) har xil boʻlishi mumkin, lekin qiyofasi (toʻgʻri, kursiv va boshqalar) bir xil boʻlishi kerak.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil