thumb
Thomas Gainsborough (; 1727, Sadberi, Suffolk — 1788-yil, 3-fevral, London) — ingliz rangtasvir rassomi. XVIII asr ingliz portret maktabining yirik namoyandasi. G. ijodini manzaralar chizish bilan boshlagan („Kornard oʻrmoni“, 1748), dastlabki portretlari samimiy jozibasi bilan koʻzga tashlanadi. 70-yillarda A. van Deyk, A. Vatto taʼsirida yetuk portretchi-rassom sifatida shakllangan. Qahramonlari boy maʼnaviyati, ichki erkinlik, favqulodda holatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻsmirlar va ayollar jozibali va nozik tasvirlangan („Koʻk kiyimli bola“, 1770; „Sara Siddons portreti“, 1784—85). Rasmlari orasida manzara va dehqonlar hayotidan ishlangan lavhalar muhim oʻrin tutadi („Bozorga borayotgan arava“, 1786 va b.).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1727-yilda tugʻilganlar Turkum:1788-yilda vafot etganlar