Gerkules — osmonning Shimoliy yarim sharidagi yulduz turkumi; Ajdar, Hoʻkizboqar, Shimoliy toj, Ilon, Ilon eltuvchi, Burgut, Oʻq yoy, Tulki va Lira turkumlari orasida. Quyosh sistemasi Gerkules tomon harakatlanadi. Oʻzbekistonda yoz va bahor paytlarida yaxshi koʻrinadi (qarang Yulduzlar haritasi).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Yulduz turkumlari