GOLL (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolombele Dyoz-Egliz) — Fransiya Prezidenti (1959— 69). 1940-yil Londonda antigitlerchilar koalitsiyasiga qoʻshilgan. "Ozod Fransiya" (1942-yildan "Kurashayotgan Fransiya") vatanparvarlik harakatiga, 1941-yil esa "Fransiya milliy qoʻmitasi"ga asos solgan. 1943-yil Jazoirda tuzilgan "Fransiyani ozod qilish milliy qoʻmitasi"ga rahbar boʻlgan. 1944-yil iyunda Goll bu qoʻmitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirgan. Fransiya Muvaqqat hukumati boshligʻi (1944—1946 yil yanvar). Urushdan soʻng "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958-yil Fransiya bosh vaziri. Gollning tashabbusi bilan prezident huquqini kengaytiruvchi yangi konstitutsiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Fransiya oʻzining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqanOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Pahlaviy ordeni sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar