Dalaynor, Xulunchi — Xitoyning shim.-sharqidagi koʻl, Ichki Mongoliyaning shim.da. Mayd. 1100 km². Chuq. 6–9 m, suv sathining bal. 539 m. Koʻlga quyiladigan suvning miqdoriga qarab, uning maydoni oʻzgarib turadi. D.ga Kerulen va Orchun-Gol daryolari quyiladi. D. suvining sathi koʻtarilgan vaktlarda suv Loyqa nomli irmoqdan oqib chiqib Argun daryosiga quyiladi. D.ning qirgʻoklari past, yassi, suvi chuchuk, baliq koʻp.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Markaziy Osiyo Turkum:Xitoy koʻllari