Dangʻara — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1979-yildan). Dangʻara tumani markazi. Tumanning janubi-sharqida joylashgan. Dangʻara nomi "don gʻarami" soʻzidan degan rivoyat bor. Dangʻara Qoʻqon shahridan shimolda joylashgan, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon (8 km). Aholisi 8,8 ming kishini tashkil etadi (2000). Konserva zavodi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, kasalxona, poliklinika, dorixona, madaniyat saroyi, umumiy taʼlim maktablari, litsey, kutubxona, taʼmirlash, qurilish tashkilotlari, savdo shoxobchalari mavjud. Dangʻaradan Toshkent — Qoʻqon—Oʻsh—Qashqar avtomobil yoʻli oʻtgan."" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Dangʻara tumani