Deyvis dengizi — Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka janubiy qismi, 87° va 98° shq. u. oraligʻida. Maydon 21 mingkm. Eng chuqur joyi 1369 m. Yil davomida muzlar bilan qoplanib yotadi. Shoʻrligi 33—33,5%s. Dengiz sohilida Rossiya Federatsiyasining Mirniy stansiyasi joylashgan. Dengiz 1912-yilda Avstraliya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan va kema kapitani J. K. Deyvis nomi bilan atalgan"" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar
Turkum:Dengizlar